Microsoft Word anton burini ziyouz com doc



Yüklə 145,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/46
tarix02.01.2022
ölçüsü145,39 Kb.
#44346
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46
anton burini ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 

6

Anton ularning ortidan angrayib qoldi. 



“Biror nimani tushundingmi, Telramund?” – so‘radi u nihoyat. 

Telramund shunday qattiq silkindiki, tanasiga o‘rnashib qolgan tuproq changi yuqoriga 

ko‘tarilib quloqlarini ko‘rintirmay qo‘ydi. 

“Men ham”, — dedi Anton. 



TEMIR TAYOQCHALI AYOL 

“Ko‘zlarimning osti qavarib qolibdi”. Antonning onasi o‘zining oynadagi aksiga xomush 

qarab turdi. 

“Attang”. Anton shunchaki tashvishlanganday bo‘ldi. 

“Yomon uxlayapman. Har kechasi uyg‘onib ketyapman, keyin sira uxlayolmayapman”. 

“Unda nega jodugarni chaqirmayapsan?” – so‘radi Anton umidvorlik bilan. Antonning 

undan so‘raydigan muhim savoli bor edi, bunga o‘shandan boshqa hech kim javob 

berolmasligini bilardi. 

“Temir tayoqchali ayolni nazarda tutyapsanmi? Ehtimol shunday qilib ko‘rarman. Uning 

telefon raqamlarini qayergadir yozib qo‘ygan bo‘lishim kerak”. 

“Jodugarlarda telefon bo‘ladimi? – ajablandi Anton. Jodugarlar o‘rmon o‘rtasidagi xaroba 

hujrada yashamaydilarmi?” 

“Bunisi unaqalardan emas, — uqtirdi Antonning onasi. – Bunisi Elizabet ko‘chasidagi 13-

uyda yashaydi”. U shunday deya telefon raqamlarini terishga tushdi. 

“Ertaga soat to‘rtda”, — dedi Antonning onasi go‘shakni qo‘yayotib. 

Anton navbatdagi kuni soat to‘rtda albatta uyda bo‘lishi lozimligini xayolidan o‘tkazib 

qo‘ydi. 

Soat roppa-rosa to‘rtda qo‘ng‘iroq chalindi. Anton shoshib borib eshikni ochdi-da, hayron 

bo‘lib tashqarida turgan ayolni ko‘zdan kechirdi. Ayol kul rang sochli, ko‘m-ko‘k 

kostyumli, qalin ko‘zoynakli ekan. U Anton o‘qiydigan maktabdagi ingliz tili o‘qituvchisiga 

o‘xshab ketardi. “Agar shu jodugar bo‘lsa, men tyulen bo‘lganim bo‘lsin. Yelkasida qora 

mushugi ham, qarg‘asi ham yo‘q ekan”. 

Buning ustiga u hikmatli so‘zlar ham aytmaskan. U ikki qo‘lidagi ikkita egiluvchan 

tayoqchasi bilan xonani aylanib chiqdi. Temir tayoqchalar goh egilib, goh ko‘tarilib 

turardi. Hammasi shu ekan, xolos. Gohida ayol belgilash uchun pastga qog‘oz 

parchalarini qo‘yib chiqardi. 

“Juda yomon, - dedi u nihoyat, keyin nurlar va suv havzalari haqida allanimalar dedi. – 

Karavotni darhol mana bu yerga o‘tkazishingizni maslahat beraman”. 

U katta kiyim shkafi turgan joyga ishora qildi. 

“Baribir buning hojati yo‘q-ku”, – dedi Antonning onasi. 

Ayol kuldi. “Har kim boshida shunday deydi-da, keyin aynan shuning hojati borligiga 

ishonch hosil qiladi”. 

Shundan so‘ng ayol Anton yotadigan joyni ham tekshirib chiqdi va u 

juda yaxshi ekanligini aytdi. “Men baribir karavotimni boshqa joyga o‘tkazmagan 

bo‘lardim, — dedi Anton o‘jarlik bilan. Bunaqasiga sira ishonib bo‘lmaydi”. 

Antonning onasi choy qaynatish uchun oshxonaga kirib ketdi. Anton jaketini oldi. U sayr 

qilib kelishga shaylanayotgandi. 

“Bo‘ri bilan birga ketasanmi?” – so‘radi ayol to‘satdan. 

Anton hayron bo‘lib unga qaradi. Eshitgani rostmikan? 

“Uni ko‘ryapsizmi?” – so‘radi u esankirab. 

“Ko‘ryapman deyishim balki to‘g‘ri bo‘lmas”, – dedi ayol. 

“Hamma bolalarning madadkor hayvonlari bo‘ladimi?” – so‘radi u dangal. Shu savol 




Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike 

 

 




Yüklə 145,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin