Microsoft Word anton burini ziyouz com doc



Yüklə 145,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/46
tarix02.01.2022
ölçüsü145,39 Kb.
#44346
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46
anton burini ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 

8

qo‘yilmagani ma’qul edi”. 



Nok yeyotgan ayol bilan qizil burunli erkak kulib yuborishdi. Erkakning og‘zidagi sigareti 

tushib ketdi. Ayol kulayotganida ham nok yeyish to’xtamadi.  

Ular boshqa joyga o‘tishgach, Anton qorong‘i qafasga qaradi. U bir g‘alati hayvonni 

ko‘rdi. Bu tumshug‘i boshqacharoq shakldagi ayiq edi. Terisining ko‘p joyida tuki yo‘q 

ekan. Bamisoli yaramay qolgan po‘stinday. “Labi cho‘ziq ayiq”, — o‘qidi Anton to‘siqqa 

ilib qo‘yilgan taxtachadan. — “Iltimos ovqatlantirmanglar!”  

Labi cho‘ziq ayiq orqa oyoqlarida o‘tirib olgan holda, u yoqdan bu yoqqa tebranardi. 

Uning kichik ko‘zlarida xomushlik alomati bor edi. Anton yaqinroq bordi. Ayiq o‘kirdi. Bu 

tarjimada “O‘sha yerda tur”, degani edi. 

Anton ayiqqa dedi: “Seni xunuk deganlarning o‘zlari bir oynaga qarab olishsa, yaxshi 

bo‘lardi”. 

Ayiq tebranishdan to‘xtadi. 

“Negadir hamma meni xunuk deydi”, – o‘kirdi u. 

Anton ayiq tilini uncha bilmasa-da, uning nima deganini anglaganday bo‘ldi. 

“Men ayiqlarni yaxshi ko‘raman, — dedi u, — buning ustiga sen juda ajoyib ayiq 

ekansan. Senday ayiqni hecham ko‘rmaganman”.  

Ayiq bir panjasi bilan chap qulog‘ining ortini qashidi. Maqtovlar uni ancha xijolat qilib 

qo‘ygandi. U bunaqa munosabatni kutmagandi. 

“Nima yeyishni xush ko‘rasan?” — so‘radi Anton. 

Ayiq qafas tubidan so‘ligan ko‘katni olib, unga qarab turdi-da, yana joyiga tashladi. 

“Ular senga ko‘kat bermayaptilarmi?” – so‘radi Anton ajablanib. 

Ayiq yana qashiladi. Bu safar o‘ng qulog‘ining ortini. Shunchalik e’tibor qilinayotgani, uni 

haqiqatan ham xijolatlantirib qo‘yayotgandi.  

U qafas ortidan tishlangan olmani oldi va Antonga uzatdi. “Juda xursandman, - dedi 

Anton, — biroq bu yerda ‘Iltimos, ovqat bermanglar’, degan yozuv bor ekan”. Ayiq 

olmani yana joyiga tashladi. Anton panjara orasiga qo‘l tiqish mumkin emasligini bilardi. 

Hatto yaxshi niyat bilan ham. 

“Bilasanmi nima, — dedi Anton, — men hozir borib, biror tuzukroq yegulik olib kelaman. 

Keyin uni senga berishi uchun boquvchingga beraman”. 

Ayiq jim turib qoldi. 

“Tez orada ko‘rishguncha”, – dedi Anton. 

Anton uyiga kelishi bilan meva yoki sabzavot qidirishga tushdi. Nihoyat, u onasining 

bozor sumkasi ichidan bir tup ko‘k karam topib oldi. Anton darhol uni qo‘ltig‘iga tiqdi va 

hayvonot bog‘i tomon yugurib ketdi. 

Anton surishtirib ayiq boquvchini topdi. U baland bo‘yli, keng yelkali bo‘lib, ko‘zlari 

kichkina, burni cho‘ziq, qo‘llari esa uzun va serjun edi. 

“Xayrli kun”, - dedi Anton. 

Erkak qaradi, ammo indamadi. 

“Men bir hayvonga yegulik olib kelgandim”, – dedi Anton. 

“Mumkin emas”, - to‘ng‘illadi erkak. 

“Hech bo‘lmasa uni shu yerda qoldirsam, maylimi?” – so‘radi Anton. 

“O‘zimizniki yetadi”, – to‘ng‘illadi erkak javob tarzida. U gapdon emasligi ko‘rinib turardi. 

“Buni labi cho‘ziq ayiq uchun keltirdim”, – ta’kidladi Anton. 

Boquvchi qaradi-da, — “Nima uchun”, — deb so‘radi. Uning ovozi ayiqnikiga o‘xshab 

ketdi. 

“Men unga buni va’da qilgandim”, – dedi Anton. 

“Kel”,– dedi boquvchi. Uning ovozi bu safar ham ayiqnikiday eshitildi. 

Anton u bilan labi cho‘ziq ayiqning qafasi oldiga bordi. Ayiq panjara ortida uni orziqib 




Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike 

 

 




Yüklə 145,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin