www.ziyouz.com kutubxonasi
12
“Tss”, - dedi erkak va qo‘rqa-pisa atrofga qaradi.
“Nega o‘ranib olgansiz va nega qaltirayapsiz?” – so‘radi Anton.
“Endi uddalay olmayman”, – “uh” tortdi Supermen.
“Nimani?” – so‘radi Anton tushunolmay.
“Ixtirochilarim meni har ko‘yga solishadi. Men halokatga uchragan samolyotlarni ushlab
olishim, zilzilalarni bartaraf qilishim, ba’zan esa sevgi tuzog‘iga ham tushib qolishim
kerak”.
“Qiyin ekan”, – tasdiqladi Anton. U halokatga uchragan samolyuotlarni ushlab olmagan
yoki biror marta zilzilani bartaraf etmagan bo‘lsa-da, sevib qolish qanchalik qiyin
ekanligini bilardi.
“Nima uchun o‘zingizga boshqa kiyim sotib olmaysiz. Shunday qilsangiz, sizni hech kim
tanimasligi mumkin, – maslahat berdi Anton. – Kasbingizni ham o‘zgartirib olsangiz
yomon bo‘lmasdi. Hech bo‘lmasa, gazeta sotuvchi yoki kinoteatrda joy ko‘rsatuvchi
bo‘ling”.
“Men o‘zimga kiyim sotib ololmayman, — dedi erkak. – Pulim yo‘q”.
“Pulingiz yo‘q?” – hayron bo‘ldi Anton.
“Ha, pulim yo‘q, — dedi Supermen xomush. – Voqealarda men doim qimmatbaho
mashinalar minib, o‘zgalarga qimmat-qimmat sovg‘alar ulashib yuraman, ammo
ixtirochilarim bular uchun pulni qayerdan olishimni menga ma’lum qilmaganlar. Balki
eski jildlardan birida bu haqda biror nima yozilgandir, degan maqsadda jurnallarni ko‘rib
chiqishga kelgandim. Ammo bu haqda biror nima deyilgan joyni topa olmayapman”.
“Nahotki”, – dedi Anton kuyunchaklik bilan.
“Ortiq xohlamayman, — xo‘rsindi Supermen. – Endi mana bu ko‘k-qizil kiyimimdan
butunlay qutulmoqchiman. Buning ustiga bu kiyim mening yoshimga to‘g‘ri kelmaydi”.
“Ammo u sizga yarasharkan, - dedi Anton yupatib. U o‘ylab turib dedi: “Nima uchun siz
bu ishdan boshqasiga o‘tib ketmayapsiz? Osonroqlari ham bordir?”
“Qaysiga o‘tsam ekan? – so‘radi Supermen. – Menga o‘xshaganlar qayerga sig‘ardi?
“Qorqiz” qissasidagi mittivoylardan biri bo‘laymi? Yoki Vinnetu o‘rniga apachlarning (
hindu qabilasi) yangi sardori bo‘laymi?”
“Bular to‘g‘ri kelmaydi”, — dedi Anton.
Supermen burnini tortdi. “Shamollab qolganga o‘xshayman. Kecha muz dengizida kema
halokatiga uchraganlarning bir necha yuztasini qutqarishimga to‘g‘ri kelgandi.
Ro‘molchang bormi? Mening ixtirochilarim bu haqda ham o‘ylab ko‘rmagan ekanlar”.
Anton ozgina ishlatilgan qog‘ozli ro‘molchasini cho‘ntagidan chiqarib Supermenga berdi.
U burnini qattiq qoqdi. Keksa sotuvchi ayol unga o‘qrayib qaradi.
Antonga esa o‘ylab-o‘ylab shunday dedi: “Gazetalarda ishga takliflar yozilgan joyi
bo‘ladi. Balki o‘shalarda sizga mos keladigan yumush topilib qolar”.
“Sarguzashtlimi?” — so‘radi Supermen.
“Unaqasi kamroq, – tushuntirdi Anton, — lekin ishlar ko’p”.
Supermen o‘zining qimmatbaho qo‘l soatiga qaradi. “Yaxshiyamki, yaratuvchilarim buni
ham unutib qo‘yishmagan”.
“Esim qursin, — dedi u, — men hozir buzg‘inchilar izidan chiqarib yuboriladigan odamlar
to‘la poyezdni qutqarib qolishim kerak”.
“Axir siz…”, — deyishgagina ulgurdi Anton.
“Tezroq o‘n yettinchi jildni och, — dedi Supermen hovliqib. – Hozir o‘sha yerda bo‘lishim
kerak”.
Anton izladi. U o‘girilib qarasa, Supermen qo‘yib bo‘lgan ekan. 17-bob ochiq holda stol
ustida turardi. Supermen baquvvat qo‘llari bilan temir yo‘l ko‘prigini ushlab turib,
poyezdni o‘tkazib yubordi.
Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike
Dostları ilə paylaş: |