Microsoft Word anton burini ziyouz com doc



Yüklə 145,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/46
tarix02.01.2022
ölçüsü145,39 Kb.
#44346
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46
anton burini ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 

13

“Unga yordam berib bo‘lmaydi”, — o‘yladi Anton. 



“Hozirgina kelgan janob qani?” — so‘radi sotuvchi ayol. 

“O‘n yettinchi bobda”, — javob berdi Anton. 

“Hech nima sotib olgani yo‘q, buning ustiga surbetlik ham qiladi, — pichirladi sotuvchi 

ayol va Supermenga oid voqeaning 17-jildini yopib qo‘ydi.  



KIR YUVISH MASHINASI 

“Sblubb”, — qildi kir yuvish mashinasi. Keyin esa “bluq-bluq”, “g‘ayt-g‘uyt” qildi-da, 

to‘xtab qoldi. 

“Eshitdingmi?” — so‘radi Antonning onasi.  

“Ha”, — dedi Anton va rasm chizishni davom ettirdi. U bir soatdan buyon mushugining 

suratini chizishga urinayotgandi. Biroq mushuk har safar mo‘ylovli zebraga o‘xshab 

qolayotgandi. 

Antonnig onasi kir yuvish mashinasini silkitdi. “Hayvon”, — dedi u jahl bilan. Antonning 

mushugi xirilladi. 

“Sengamas, mushugim, — dedi Anton mushugiga, — anavi kir yuvadigan oq hayvonga 

aytyapti”. 

Antonning mushugi boshini yana old panjalari ustiga qo‘ydi. Suratlar uncha 

o‘xshamayotganini bilib turgan bo‘lsa-da, u o‘zini Antonga chizdirayotganidan mamnun 

edi.  


Antonning onasi kir yuvish mashinasining tugmalarini burab chiqdi. Bo‘lmadi. Hatto 

oynali tuynugi ham ochilmay qolgandi. Antonning onasi nimadir deb pichirladi, Anton uni 

tushunmay qoldi. “Nima deding?” — so‘radi u qiziqib. “Hech nima, hech nima”, — dedi 

Antonning onasi dovdirab. 

Qo‘ng‘iroq chalindi. 

“Iltimos, ochib yubor, — dedi Antonning onasi, — bu tuz va shakar so‘rab turadigan 

qo‘shni ayol bo‘lsa kerak. U doim xuddi shunaqa paytda keladi”. 

Anton eshikni ochdi va qaytib oshxonaga kirdi. 

Antonning onasi « uff » tortdi va qo‘shni ayol uchun non qoldiqlarini bir qog‘oz 

xaltachaga sola boshladi. “Bu hol menga noqulay albatta”, — deya xijolat bo’ldi qo‘shni 

ayol har doimgidek.  

“Balki kir yuvish mashinasiga yaxshi « gapirib » ko‘rishimiz kerakdir, — dedi Anton 

onasiga, — uni silab, biz uchun qanchalik muhim ekanligini aytaylik-chi !”. 

“Uni tashlab yuborganimiz ma’qul!”, - dedi Antonning onasi. 

“Kir yuvish mashinangiz ishlamay qoldimi? – so‘radi qo‘shni ayol. – Ha, bu yangi 

chiqqanlaridan emas ekan-da. Buni bemalol tashlab yuborib, o‘rniga yangisini olsangiz 

bo‘larkan”, – dedi u o‘zicha aql o‘rgatib. 

“Agar u shu gaplarni eshitayotgan bo‘lsa , — dedi Anton, — keyingi safar paxtali 

jemferlarimizni yuvayotganida bujmaytirib tashlaydi”. 

“Mashina jonsiz narsa-da, — dedi qo‘shni ayol Antonga uqtirib. – Ular gapga 

tushunarmidi”. 

Bu gap Antonga umuman yoqmaydigan ohangda aytildi. U o‘rnidan turib, kir yuvish 

mashinasining oldiga bordi va uning silliq sirtini ohista siladi. “Biz unga ko‘rsatib 

qo‘yamiz, — pichirladi Anton. – Endi meni uyaltirib qo‘yma. Aytganimni qilasan-a?” 

Keyin u dastur tugmachasini bosdi. Kir yuvish mashinasi sekin g‘iriladi va odatdagiday 

“bluq – bluq” qilib ishlay boshladi.  

“Ishonib bo‘lmaydi”, — qichqirib yubordi Antonning onasi. 

“Bu tasodif”, — dedi qo‘shni ayol va non qoldiqlarini olib xayrlashdi. 




Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike 

 

 




Yüklə 145,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin