Microsoft Word anton burini ziyouz com doc



Yüklə 145,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/46
tarix02.01.2022
ölçüsü145,39 Kb.
#44346
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   46
anton burini ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 

22

“U fikrni ham o‘qib olarkan”, - hayratlandi Anton.  



Daftarlar yana stol ustida paydo bo‘lib qoldi. 

“Rahmat, Grippo, - dedi Anton. – Ertaga men bilan maktabga bormaysanmi? Borsang, 

juda zo‘r bo‘lardi”. 

 

“Taklifingga roziman, 



sakkizgacha boraman”. 

 

“Buni sabrsizlik bilan kutaman, - dedi Anton. Va u javobni kutdi. Ammo hamma yoq 



jimjit bo‘lib qoldi. 

Keyingi kuni nonushta payti Anton Gripponi chaqirdi. Hech nima sodir bo‘lmadi. Choynak 

ham, bo‘tqa solingan likobcha ham, asalli idish ham yo‘qolib qolmadi. Anton noxushroq 

holda maktabiga jo‘nadi. 

“Sen olgan bo‘lsang kerak, men uni hozirgina shu yerga qo‘ygandim”, - Anton sinfga 

kirmasidanoq kimdir shunday deganini eshitdi. 

“Demak, - o‘yladi Anton. - U shu yerda ekan-da”.  

“Mening matematika daftarim ham ko‘rinmayapti”. – qichqirdi Verner. 

“Mening esa olmam!” - shikoyat qildi Dieter. 

“Ana xolos!” - o‘yladi Anton qoyil qolib. 

O‘qituvchi sinfga kirdi. “Tinchlaninglar, – dedi u baland ovozda. Keyin yo‘qolgan 

chizg‘ichlar, daftarlar, olmalar va boshqa narsalar haqidagi shikoyatlarni eshitdi, keyin 

sabrsizlik bilan gapni boshqa tomonga burdi: “O‘zi sizlarda tartib-intizom yo‘q. Behuda 

gaplarni yig‘ishtiringlar. Yaxshisi, yechishim kerak bo‘lgan misollar haqida o‘ylanglar…” U 

qo‘li bilan stol chetidagi matematika kitobini paypaslay boshladi. “Bu bo‘lishi mumkin 

emas, - dedi u, - aniq bilaman…” 

Sinfdagilarning ayrimlari qiqirlab kuldi. 

“Tinchlaninglar deyapman, - takrorladi o‘qituvchi jahl bilan. – Qani, uyga berilgan 

mashqlarni tekshiraylik-chi”. U kurtkasining ko‘zoynak turadigan cho‘ntagiga qo‘lini 

tiqdi. “Bo‘lishi mumkin emas. Aqlim bovar qilmayapti”, - to‘ng‘illadi o‘qituvchi. 

Bu safar sinfdagilarning hammasi kulib yubordi. O‘qituvchining boshi qotib qoldi. “Kulgili 

ish bo‘lgani yo‘q”, - dedi u va stol ustiga qarab hayron bo‘lib qoldi. Matematika kitobi 

yana joyida turardi. 

“Mana ishlarimiz yaxshi tugadi

endi boshqa sinfga navbat tegadi”. 

Anton Gripponing shunday deganini eshitishi bilan atrofga qaradi. Buni undan boshqa 

hech kim eshitmaganday edi. O‘qituvchi ko‘zoynak burnining ustida ekanligini to‘satdan 

payqab qoldi. U boshini silkitib uni yechdi va yana joyiga taqib qo‘ydi. “Endi o‘ttizinchi 

betdagi yettinchi misolni yechishga o‘tamiz”, – dedi u shundan so‘ng. 

Bu ham maktabdagi kunlardan biri edi.  



BOBO  

Anton istirohat bog‘iga kirdi va har doimgidek dastlab o‘rdaklar hovuzi oldiga bordi. 

O‘rdaklar juda band edilar. Ular bir oq sochli kishi qarshisida jon jahdlari bilan u yoqdan 

bu yoqqa suzishayotgandi. Qirg‘oqda o‘tirib olgan bu kishi qotgan uzun nonlaridan birini 

qo‘liga olib, o‘rdaklarni oziqlantirayotgandi. Ahyon-ahyonda uning o‘zi ham shu nondan 

tishlab yeb turgandi. Uning yonidagi maysa ustida bir eski ryukzak (orqaga ilib 




Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike 

 

 




Yüklə 145,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin