5
Kyunyoning bug‘ avtomobili asosan yuk tashishga mo‘ljallangan
bo‘lib ko‘proq harbiy maqsadlarda (artileriya
qurollari va snaryadlarni
tashishda) qo‘llanilgan. Avtomobilning umumiy og‘irligi 4 tonna bo‘lib,
uning tezligi 3 tonna yuk bilan 2-4 km/soatni tashkil qilgan. Ushbu bug‘
avtomobilini dastlabki yuk avtomobili deyish mumkin. Avtomobil ikki
ot kuchiga teng bo‘lgan quvvatga qiyinchilik bilan erishardi. Qozon
katta hajmga ega bo‘lib, buning bosimi tez orada pasayib qolardi.
Bosimni bir maromda ushlab turish uchun har chorak soatda to‘xtab
olovni kuchaytirish kerak bo‘lgan. Bu muolaja «kochegar» tomonidan
amalga oshirilgan va ko‘p vaqt talab qilar edi.
Keyinchalik Kyunyoning bug‘ avtomobili muzeyga topshirilgan.
Mexanik
I.P.Kulibin 1791-yilda gollandiyalik Shamshurenkovning
«o‘ziyurar kolyaska» g‘oyasini
rivojlantirib, inson muskuli yordamida
harakatga keladigan «samokatka»sini yaratdi. Rama ostida joylashgan
maxovik ekipajning ravon yurishini ta’minlaydi (2-rasm). Undan
tashqari «samokatka»da tezliklar qutisi va tormoz qurilmasi mavjud edi.
2-rasm.
Kulibinning «samokatka»si 1791-yil.
Samokatning maksimal tezligi soatiga 30 kilometrni tashkil etib,
kuzovga ikki odam joylashishi mumkin bo‘lgan, uchinchi odam esa
«samokat»ning orqasida turib uni oyoqlari bilan harakatga keltirar
hamda ekipajni boshqarar edi. Kulibinning «samokatka»si avtomobilning
yaratilishidagi muhim ixtirolardan biri bo‘ldi.
XIX asrning 80-yilligiga kelib, Amerika, Buyuk Britaniya va
boshqa Yevropa davlatlarida neft qazib chiqarishning keng yo‘lga
qo‘yilishi va neftni qayta ishlash
zavodlarining barpo etilishi, benzinli
yoki dizel yonilg‘isida ishlaydigan ichki yonuv dvigatellari bilan (ichki
yonuv dvigateli – bunday dvigatellarda issiqlik energiyasini mexanik
energiyaga aylanish jarayoni dvigatelning ichida amalga oshiriladi)
6
jihozlangan avtomobillarning takomillashishiga yetarli zamin
tayyorlagan edi.
Germaniyadagi Reyn daryosi qirog‘ida joylashgan Mangeym
shahri dunyodagi birinchi avtomobilining vatani deb yuritiladi. 1885-
yilning bahorida
Karl Bens ichki yonuv dvigateli
bilan jihozlangan uch
oyoqli o‘zi yurar aravani yaratdi (3a-rasm).
3-rasm. Birinchi avtomobil: a — Karl Bens; b — Gotlib Daymler
Dostları ilə paylaş: