Microsoft Word axloq odob hadis ziyouz com doc



Yüklə 169,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/43
tarix27.09.2023
ölçüsü169,22 Kb.
#149465
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43
Axloq-odobga oid hadis namunalari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
35
511.
Foydali ilmlarni o’rgatuvchi odamning gunohi kechirilishini so’rab, har bir narsa, hatto 
dengizdagi baliqlar ham istig’for aytadilar. 
512.
Beshta g’oyibona ilm borki, ularni Tangridan o’zga hech kim bilmaydi: 
1.
Tangridan boshqa hech kim ertaga nima bo’lishini bilmaydi. 
2.
Tangridan boshqa hech kim ona qornida qanday homila borligini bilmaydi. 
3.
Qiyomat qachon bo’lishini ham Tangridan o’zga hech kim bilmaydi. 
4.
Hech bir inson o’zining qayerda vafot etishini bilmaydi. 
5.
Qachon yomg’ir yog’ishini ham Tangridan o’zga hech kim aniq bilmaydi. 
513.
“Injil”da
45
shunday ibora bor: “Diyonatingga yarasha jazo yoki mukofot olursan va 
o’lchovingga yarasha ulush olursan”. 
514.
Bemorni ko’rgani borganda uning peshonasiga qo’lni qo’yib hol-ahvol so’rash barkamol ziyorat 
hisoblanadi. Qo’l berib ko’rishib salomlashish mukammal bo’ladi. 
515.
Kishining bema’ni gaplardan tilini tiyishi – uning mo’minligi naqadar chiroyli ekanligidan darak 
beradi. 
516.
Boshga tushgan musibatlarni, o’zidagi kasalliklarni va qilgan xayru ehsonini yashirish – 
yaxshilik xazinalaridandir. 
517.
Kimki mo’minlarga ularning yo’llarida aziyat tug’dirsa, unga ularning la’nati yog’ilur. 
518.
Kimki biror mo’minga ozor bersa, go’yo u Menga ozor bergan bo’ladi. Menga ozor bergan 
Tangriga ozor bergan bo’ladi. 
519.
Kimki ulamolar oldida faxrlanish, nodonlar bilan bahslashish yoki odamlarning diqqatini o’ziga 
tortish maqsadida ilm o’rgansa, uning joyi jahannamdir. 
520.
Kimki turli vositachilar orqali qozilik mansabini egallagan bo’lsa, u o’z holiga tashlab qo’yiladi. 
Bordiyu o’zi xohlamasa-da, uni majburan qozi qilib qo’yilsa, Tangri uning so’zlarini to’g’rilab turuvchi 
yordamchi bir farishtani hamroh qilib qo’yadi. 
521.
Musibat yetganda sabr qiluvchi, berilgan ne’matlarga shukr qiluvchi, birovlarning qilmishlarini 
kechiruvchi, o’zi birovga zulm yetkazsa, tavba qiluvchi kishilarga xotirjamlik va hidoyat ado etilur. 
522.
Kimki biror millatni dilidan sevsa, qiyomatda Tangri uni o’sha millat safida tiriltiradi. 
523.
Kimki otasining vafotidan keyin ham unga yaxshilik qilishni istasa, uning yoru birodarlari bilan 
aloqani uzmasin. 
524.
Kimki mo’minlardan foyda orttirish uchun uyida g’alla saqlasa, u xato qilgan bo’ladi va Tangri 
bilan uning payg’ambariga bergan ahdu paymonini buzgan hisoblanadi. 
525.
Kimki yoshligida o’q otish san’atini yaxshi egallab, so’ng uni tark etib yuborgan bo’lsa, demak u 
ulug’ ne’matlardan birini qo’ldan beribdi. 
526.
Kimki uzish niyati bilan odamlardan qarz olsa, unga Tangrining o’zi yordam beradi. Bordiyu, 
yeb ketish niyati bilan qarz olgan bo’lsa, Tangri ham uning dunyosidan barakani ketkazib qo’yadi. 
45
Injil – nasroniylarning muqaddas kitobi. 


Axloq-odobga oid hadis namunalari 

Yüklə 169,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin