Microsoft Word axloq odob hadis ziyouz com doc



Yüklə 169,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/43
tarix27.09.2023
ölçüsü169,22 Kb.
#149465
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43
Axloq-odobga oid hadis namunalari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
24
312.
Yaxshilikka dalolat qiluvchi bilan uni bajaruvchining savobi tengdir. 
313.
Dunyo yam-yashil va go’zaldir. Kimki undan haqli ravishda halollik bilan olsa, undan baraka 
topadi. Kimki nafs xohishi bilan dunyoni mukkasidan ketib egallasa, qiyomat kuni do’zaxdan boshqa 
narsaga erishmaydi. 
314.
Din – nasihatdan iborat. 
315.
Qarz – bamisoli Tangrining yerdagi bayrog’idir. Qachonki biror bandasiga yomonlikni iroda 
qilsa, uning bo’yniga shu qarz bayrog’ini ilib qo’yadi. 
316.
Qiynalib nafl ro’za
40
tutgani bilan Ollohning bergan ne’matlariga shukr qilmaydigan kishining 
savobidan ro’zasiz bo’lsa-da, yegan taomiga shukr qilib yuradigan kishining savobi ulug’dir. 
317.
Kishi kechalari bedorlik bilan ibodat qilgani va kunduzlari ro’zador yurgani bilan boshqa 
nomaqbul ishlardan saqlanmasa, bedorligu, ochu tashnalikdan boshqa nasibani qo’lga kirita olmaydi. 
318.
O’z maqomida so’zlab, fursatni g’animat bilgan, o’rinsiz so’zdan saqlanib salomat yurgan 
kishiga Tangri rahmu shafqat qiladi. 
319.
Tilini tuzatgan kishiga Tangrining rahmati bo’lsin. 
320.
Xatning javobini qaytarish – go’yo salomga alik olishlik kabi zarurdir. 
321.
Pashsha kallasichalik narsa berib bo’lsa-da, gadoyni quruq qaytarmanglar. 
322.
Ota-onalarining keksalik vaqtida har ikkisini yoki biri bo’lmaganda boshqasini rozi qilib, jannatiy 
bo’lib olmagan farzand xor bo’lsin, xor bo’lsin va yana xor bo’lsin. 
323.
Tangri rahmdil bandalariga mehribondir. Sizlar yer yuzidagi odamlarga mehribon bo’linglar, 
sizlarga ulug’ Tangri mehribon bo’lur. 
324.
Pora beruvchi ham, uni oluvchi ham do’zaxga mahkumdir. 
325.
Kishi o’z do’stining dinu diyonatiga moslashib ketadi. Binobarin kim bilan do’stlashayotganini 
o’ylab ish tutsin. 
326.
Muloyimlik – hikmatning boshidir. 
327.
O’yinlaringiz ichida yaxshirog’i kamondan o’q otishdir. 
328.
Qaysi bir kishi qishloqdagi birodarini ko’rish uchun yo’l olsa, Tangri uning yo’liga bir farishtani 
hamroh qilib qo’yadi. U yo’lovchidan: “Qayerga borursan”, - deb so’raydi. U: “Mana shu qishloqdagi 
birodarimni ko’rgani borurman”, - deb javob beradi. Yana so’raydiki: “Senga uning biror ato etgan 
ne’mati bormi?” U: “Yo’q, lekin men uni Tangri yo’lida do’st tutaman”, - deb javob beradi. Shunda 
farishta: “Men senga Tangri tomonidan yuborilgan elchidurman. Sen birodaringni qanchalik yaxshi 
ko’rsang, Tangri ham seni shunchalik yaxshi ko’radi”, - degan so’zni senga aytgani keldim”, - deydi. 
329.
Qabristonni ziyorat qilib turinglar, zero, u sizlarga oxiratni eslatadi. 
330.
Zinokorlik – faqirlik keltiradi. 
40
Ramazon oyidan tashqari vaqtda ixtiyoriy (qo’shimcha) tutiladigan ro’za. 


Axloq-odobga oid hadis namunalari 

Yüklə 169,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin