Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com kutubxonasi
12
bozorlarda ochishgan. U davrlarda zamon notinch, tez-tez urushlar bo‘lib turgan.
Ayollarning yuzlarini yopib yurishlari ularni ana shunday vaziyatlarda ozor topmasliklari
uchun, ularni asrash uchun bo‘lgan. Osuda paytlarda esa yuzni ochib yurishlariga shariat
qarshilik ko‘rsatmagan.
Shofe’iy va hanbaliylarning dalillari: shofe’iy va hanbaliylarning yuz va qo‘llar avrat
ekaniga dalillari Kitobdagi:
“Ziynatlarini ochmasinlar” oyati. Bu oyati karima
ziynatlarni ochishni harom qilgan. Ziynat ikki xildir – biri yaratilishdan bo‘lgan ziynat,
ikkinchisi esa erishilgan ziynat. Yuz yaratilishdan bo‘lgan bir ziynatdir. Hatto
go‘zallikning asli fitna va fasod manbaidir. Erishilgan ziynat esa kiyilgan go‘zal libos,
taqinchoqlar, ko‘zga surilgan surma, qo‘lga qo‘yilgan xinaga o‘xshash narsalardir. Oyati
karima ayollarga qaydsiz, shartsiz ravishda erkaklarga a’zolarini va ziynatlarini ochishni
ta’qiqlaydi, harom qiladi. Shofe’iy va hanbaliylar fikriga ko‘ra, “Bulardan ko‘rinib
turganlari mustasno” ifodasidan maqsad, qasdsiz o‘z-o‘zidan, ya’ni, ixtiyorsiz ochilgan
qismidir. Masalan, shamol ayolning yopinchig‘ini, ro‘molini ko‘tarib ochib yuborishi.
Chunki oyat ma’nosi: “Ayollar ziynatlarini qat’iyan ochmasinlar. Ochgan taqdirda tanqid
etiladi. Qasdsiz o‘z-o‘zidan, shamol kabi ixtiyorsiz narsalar sababi bilan ochilsa tanqid
etilmaydi”. Shunday ekan, yuz-qo‘l ham ochilishi ta’qiqlangan ziynatlardandir.
Yuz va qo‘lning avrat emasligini da’vo qilgan olimlar yuz va qo‘llarda hech bir ziynat
ashyosi bo‘lmasligini va bularning ochilishi fitnaga sabab bo‘lmasligini shart qilib
qo‘ymoqdalar.
Dostları ilə paylaş: