Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com kutubxonasi
9
ojizlik sezmoqda. Ba’zi odamlarda asoratini qoldirgan bu xastaliklar ko‘pincha o‘limga
sabab bo‘lmoqda.
So‘zak (gonoreya), zahm (sifilis), xarras va keyingi yillarda paydo bo‘lgan xlamidiya kabi
buzuq jinsiy munosabatdan hosil bo‘luvchi xastaliklar, bularni ham yo‘lda qoldiruvchi
OITS xastaliklari bor.
So‘zak siydik yo‘llarini yallig‘lab, yaralaydi. Bu xastalikka uchraganlar butunlay sog‘ayib,
avvalgi hollariga qaytishlari mushkul. Siydik qopiga, jigar va boshqa a’zolariga ham
zarari bor. Bu kasallik so‘zak xastaliklari bilan og‘rigan odam bilan aloqada bo‘lganlarga
yuqadi. Ayollar bepusht bo‘lib qolishlari mumkin. Zahm mikroblari barcha a’zolarga
tarqaladi, nasldan-naslga o‘tadi, oson yuqadi.
Xlamidiya ayol-erkakka bir xil ta’sir etadi. Hech qanday belgi bermasdan vujudga
yoyilish xususiyatiga ega. Nasl borasida ayol uchun tahlikali. Xastalik ayoldan tug‘ilgan
bolaga o‘tib, miya asorati va saraton (rak) kasaliga olib kelish xavfi bor.
OITS virusi sabab bo‘lgan xastalik esa o‘ta xavfli va halokatli. Bu virus dastlab frantsuz
L. Montagnier, so‘ngra amerikalik Robert Gallo tomonidan 1984 yilda topildi. Bu
xastalikka eng avval 1980 yilda Nyu-Yorkda duch kelindi. Afrikadan, xususan Xaitidan
kelgan juft jins sayyohlar bu virusni qisqa vaqtda Amerikadagi juft jinslarga tarqatdi.
HTLV-3 virusi vujudni xastaliklardan himoya qiladigan T yordamchi hujayralarini
yo‘qotadi. Keyingi bosqichda o‘pka yallig‘lanishi, saraton va shunga o‘xshash kasalliklar
boshlanishi mumkin. Xususan, hujayra pardasida yomon qabariqlar paydo bo‘lib, bu
OITS ekanini dalillaydi. Bu pufakchalar terida binafsharang dog‘lar hosil qiladi. Qon,
tufuk, maniy va jinsiy aloqa orqali boshqaga o‘tadi. OITS virusi xususan bir jansdagilar
va biseksuallarda va ular bilan aloqada bo‘lganlarda tez urchiydi. Insonning kasalliklarga
qarshi qobiliyatini yo‘qotadi.
Dostları ilə paylaş: