Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com kutubxonasi
16
Qay hollarda uyga ruxsatsiz kirish muboh?
Oyatning zohiri barcha vaqt va hollarda uylarga iznsiz kirishning harom ekaniga dalolat
etmoqda. Zarurat hollari bundan mustasno. Masalan, bir uyda yong‘in
chiqishi, o‘g‘ri-
qaroqchi va talonchilar bosishi yoki o‘sha uyda din aniq ta’qiqlaydigan narsalar bilan
shug‘ullanishganda shundan xabar topgan kishi iznsiz kirishi mumkin.
Faxriddin Roziy bu
xususda o‘z tafsirida atroflicha izohlagan.
Ruxsatsiz begona uyni kuzatishning hukmi qanday?
Bir kishi begona uyni kuzatishi qat’iyan harom. Faqat faqihlar begona uyni ruxsatsiz
kuzatgan kimsaga jazo qo‘llashda; urishda, ko‘r qilishda ixtilof etganlar.
1. Imom Shofe’iy (r.a.) va Hanbal (r.a.) fikrlariga ko‘ra uy
ahli ruxsatisiz uyni
kuzatganning (oynasidan qaraganning) ko‘zini ko‘r qilsalar, qasos olinmaydi. Kuzatuvchi
(qarovchi) biror haq ham talab etolmaydi.
2. Imom Molik (r.a.) va Abu Hanifa (r.a.) fikriga ko‘ra, oynadan qarovchining ko‘r
etilishi
jinoyatdir. Shuning uchun diyyati (jarima) beriladi yoki qasos olinadi.
Dostları ilə paylaş: