Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com kutubxonasi
17
siqmayman, bir ayolga nima desam, yuz ayolga o‘tadi”, dedilar”.
Hazrati Oysha onamiz marhamat qiladilar: “Allohga qasamki, Rasulullohning (s.a.v.)
qo‘llari biror ayolning qo‘llariga tegmagan. Rasululloh (s.a.v.) ayollarga so‘z orqali bay’at
etardilar”.
Mufassir Ali as-Sabuniy bu hodisalarni shunday sharhlaydilar; Barcha rivoyatlar
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) na bay’atda, na boshqa joyda ayollar bilan musofaha
etmaganini (qo‘l berib ko‘rishmaganini) ko‘rsatadi. Gunohdan ma’sum bo‘lgan
Rasulullohning (s.a.v.) bu harakatlari biz ummatlariga bir irshoddir. Allohning Rasuli
tohir, nazih va pok zot bo‘la turib, bay’atdek muhim voqeada ayollar qo‘lini
ushlamadilar, boshqa erkaklar begona ayol qo‘lini tutishlari muboh bo‘lishi mumkinmi?!
U erkaklar shahvatdan amin va fitnadan salim emasdirlar. Shayton ichlarida qon kabi
kezmoqda.
Bizning asrimiz va Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yashagan davr orasidagi farq osmon bilan
yerchalik. Davrimizning ekologik muammolari, yer yuzining juda ko‘p davlatlaridagi
iqtisodiy tanglik, buning natijasida insonlarning ma’naviy holatlari va boshqa turli
sabablarga ko‘ra xilma-xil kasalliklar ham ko‘payib bormoqda. Masalan, o‘rta asrlarda
ayollar uyga doya chaqirib tug‘salar, hozir bunday qilish ona va bola uchun jiddiy xavf
tug‘diradi. Tug‘ruqxonalarda doyalar kechayu-kunduz ishlashlari kerak. Albatta, u yerda
u yoki bu kasb egasi bo‘lgan erkaklar ham ishlashlari tabiiy. Shunday sharoitda ayol
kishi nima qilishi kerak? Bunga to‘rt mazhabda javob yo‘q. Bu borada shaxsiy fikrimiz
bo‘lishiga qaramay, savolni hurmatli ulamolarimiz ijtihodlariga qoldirsak.
Dostları ilə paylaş: