www.ziyouz.com kutubxonasi
24
Bir ayol ziyorat tavofidan avval odat qonini ko‘rib, to‘xtaguncha kutadigan bo‘lsa Ziyorat tavofini qilmasdan odat qonini ko‘rgan bir ayolni hamrohlari poklanguncha
kutsalar, ayol poklanib tavofni ado etadi. Safardoshlar ayolni kutmasalar Shofe’iy
mazhabiga ko‘ra, ular bilan birga qaytib ketadi, tavof bo‘ynida qarz bo‘lib qoladi.
Makkaga qaytolmaydigan masofaga borguncha eriga qo‘shilishi joiz emas, shuncha
masofaga borgach, ehromdan chiqish niyati bilan bir qurbonlik so‘ydiradi. Bu qurbonlik
so‘ydirishi mumkin bo‘lgan joydagi kabi, bir vakil tayin etish surati bilan haramda ham
so‘ydirishi mumkin. Sochini qisqartmagan bo‘lsa, qisqartirib ehromdan chiqadi va eriga
qo‘shilishi mumkin. Ziyorat tavofini qilmagan bir ayol imkon topganda yana Makkaga
qaytib, zimmasida qarz bo‘lib qolgan ziyorat tavofini ado etadi. Hanafiy mazhabiga ko‘ra,
bunday ayol yo odat qonidan poklanguncha kutadi. Yoki tahriman makruh bo‘lsa ham,
odatda ekan, ziyorat tavofini ado etadi va jazo (kafforat) sifatida bir tuya so‘yadi.
Hayzli ayol hajda Safo bilan Marvani sa’y eta oladimi? Oy ko‘rganlik va janobatlik sa’y etmoqqa mone’ emas. Joiz. Bu xususda umumiy qoida
shu: haj ibodatlarida Masjidi haromdan tashqari qilinadiganlarining hech birida tahorat
shart emas. Masalan, Sa’y etmoq, Arofatda vaqfa, Muzdalifada vaqfa, Minoda shaytonga
tosh otmoq kabi ibodatlarda tahorat shart emas. Agar tahoratli bo‘lsa fazilati ziyoda va
sunnatga muvofiqdir. Masjidi haromda qilinadigan har ibodat uchun tahoratli bo‘lish
shartdir.
Diqqat: Qadimda Safo bilan Marva Masjidi haromning tashqarisida bo‘lgani uchun hayz
holidagi ayol sa’y eta olardi. Endi esa, Safo bilan Marva Masjidi haromning yonida
bo‘lgani uchun sa’y etish (hayz holida) haromdir.
Hayzli bo‘lgan ayol Arofat vaqfasini ado eta oladimi? Hayz holida bo‘lgan ayol Arofat vaqfasini ado eta oladi. Muzdalifada duo qilib, Minoda
shaytonga tosh otishi mumkin va bunga mone’lik yo‘q. Faqat Masjidi Harom va boshqa
jome’larga kirolmaydi. Shuning uchun Ka’bani tavof etish haromdir.
Shofe’iy mazhabida qilingan tavof sahih emasdir.
Hanafiy mazhabiga ko‘ra, sahih bo‘lsada, tahriman makruhdir. Jazo sifatida bir tuya
so‘yish lozim.