Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar
Ayol odat ko‘rish vaqtini unutib qo‘ysa Islomda har bir ayol hayz, nifoslik va poklik kunlarini, bularning hisobini, muddatini
bilishi kerak. Agar din xususida diqqatsizlik, e’tiborsizlik va loqaydligi tufayli bunday
jiddiy va muhim masalalarga beparvo holda ahamiyat bermaydigan, umrini mayda-
chuyda ishlar bilan band qilib, shu sababli odat vaqtlarini unutadigan bo‘lsa, buning
mas’uliyati, hisob va jazosi juda katta va og‘ir bo‘ladi (Xudo saqlasin). Behushlik va
jinnilik sababli unutib, amal qilmaydiganlar, albatta bu hukmdan mustasnodirlar.
Qoida: Hayz ma’lum bo‘lgan ayol qoni davom etganini yoki hayz kunlarining sanog‘i
tamom bo‘lib-bo‘lmagani xususida shubhaga tushsa va yoxud hayz o‘rnida va davriy
aylanishida ikkilansa, o‘ylab ko‘radi; fikri nimaga qanoat qilsa, o‘shanga qaror qiladi.
Agar qanoat hosil qilmasa, toza yoki hayzli bo‘lgani haqida aniq hukm etilmaydi. Lekin
ehtiyotlik bilan harakat etiladi. Bu holda ayol hayzli holatlarda ta’qiqlangan ishlarni
qilmaydi va har vaqt uchun yangidan tahorat oladi.
Ayolning xar namoz vaqti uchun tahorat olishi faqat tozalik uchun bo‘lmay, hayzli bo‘lishi
ehtimoli uchun hamdir. Bu taqdirda namoz o‘qish bilan o‘qimaslik halol va harom
xususida teng bo‘ladi. Mavzu namozdek muhim ibodat haqida bo‘lgani uchun ehtiyotga
rioya qilinadi va ayol namozini o‘qiydi. Chunki, zimmasida namoz qarz bo‘lib qolishidan
ko‘ra, o‘qilgani yaxshi (xayrli)roqdir.
Ayol hayz bilan tozalik orasida va tozalikka kirib-kirmaganiga (hayzdan chiqib-
chiqmaganiga) ikkilansa, har namoz uchun yuvinadi. Ayolning har namoz uchun
yuvinishi o‘sha onda hayzdan chiqib, tozalikka kirishi joiz ekanidandir. Bunday holdagi
ayol g‘ayri muakkada sunnatlarini, masjidga kirishni va jinsiy munosabatni tark etadi.
Mushafga tegmaydi, nafl ro‘za ham tutmaydi. Tilovat sajdasini eshitishi bilan sajda qilsa,
qarzi tushadi. Chunki, o‘zi toza bo‘lsa, sajdaning adosi sahihdir. Toza bo‘lmasa, zotan,
vojib emasdir.
Hayz kunlarini, muddatini unutgan ayollar ramazonda ro‘zalarini ehtiyotlik bilan tutadilar
va ikkilanganlari tufayli ramazondan keyin hayz muddati – 10 kunning ikki misli 20 kun
o‘laroq ro‘zalarining qazosini ado etadilar. Bu 20 kun tutishlari ehtiyotan va shubhani
ketkizmoq uchundir
Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi