Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com kutubxonasi
28
gunohkor bo‘lganidan tavbai nasuh (qaytib bu gunohni hech qilmaslik uchun tavba va
istig‘for) etishi va bir faqirga sadaqa berishlari kerak.
Agar bir taraf rozi bo‘lmay, ikkinchi taraf zo‘rlik qilsa, zo‘ravonlik qilgan gunohkordir.
Hayz tugashi va jimo’ halol bo‘lishi uchun shu uch shartga amal qilish lozim:
Bir ayolning har vaqtidagi hayzi tamom bo‘lib ham, hayzining eng ko‘p muddati bo‘lgan
10 kundan va nifosning eng ko‘p muddati bo‘lgan 40 kundan avval qon to‘xtasa, shu uch
xususdan biri tahaqquk etmaguncha (amalga oshirilmaguncha) ayolga erining yaqinlik
qilishi halol bo‘lmaydi.
Qon to‘xtagach yuvinishga va namozning ilk takbiri bo‘lgan “Allohu akbar” demoqqa va
bularning oxirlarini, masalan, yuvingach liboslarini kiymoq kabi narsalarni bajarishga
vaqt bor ekan, yuvinmay yoki tayammum qilmay ilk namoz vaqtini o‘tkazaroq namoz
ayolning bo‘yniga qarz bo‘lib qolgan bo‘lishi kerak. Bu holda o‘ta namoz vaqti butunlay
chiqishi bilan uning eri bilan jimo’ qilishi (yuvingan bo‘lmasa ham) haloldir.
Chunki, o‘sha vaqtning namozi ayol zimmasiga qarz bo‘lganki, bu ham tozalik
hukmlaridan bir hukmdir. Ya’ni, o‘sha ayol hukman poklangan demakdir. Shu sababli
boshqa shar’iy hukmlar ham bunga bog‘liq ekanidan o‘ta hukmlardan biri eri bilan jimo’
qilishning halol bo‘lishidir.
Dostları ilə paylaş: