Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com kutubxonasi
27
Hayz holicha yaqinlik qilishning kafforati
Hayz holicha yaqinlik qilmoq Alloh qo‘ygan ta’qiq chegarasidan o‘tish ekanidan Allohning
Rasuli bu harom ishni bajargan kishi haqida shunday marhamat qiladilar:
“Bir dinor yoki yarim dinor sadaqa beradi”.
Besh bo‘luv ikki (5/2) dinor miqdorida sadaqa berish ham mumkin ekanligini mana bu
hadis o‘rgatadi:
“Hazrat Umarning (r.a.) parhezkor joriyasi bor edi, qachon unga yaqinlashmoq istasalar
odat (hayz)li ekanini aytardi, unga ishonchi qolmagani uchun bir gal uzrini chin bilmay
birga yotdilar, haqiqatdan, odatli ekanini bildilar. Kelib, vaziyatni anglatishlari bilan
Allohning Payg‘ambari unga besh bo‘luv ikki (5/2) dinor sadaqa qilishini amr etdilar”27 .
Sadaqani kishining moddiy ahvoliga ko‘ra, besh bo‘luv uch miqdoriga ozaytirish
mumkinligini ham ifodalamoqda. Bir dinor 4,25 gr. oltinga tengdir.
Dostları ilə paylaş: