Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com kutubxonasi
23
haromdir. Hatto Masjidi haramga
kirib tavofni boshlagach, odati boshlansa ham Ka’ba
tavofi halol emasdir. Ka’ba tavofida pok bo‘lmoq vojibdir.
Hayz holida bo‘lgan ayol tavofdan boshqa hajning barcha ruknlarini bajarishi mumkin.
Hajning farzlaridan bo‘lgan ziyorat tavofini majburiy o‘laroq hayzdan tozalanguncha
kechiktiradi. Zero, bu tavofni ma’naviy nopoklik holida bajargan ulkan gunoh orttirgan
bo‘ladiki, bir tuya yoki sigir kabi katta mol qurbon qilishi zarur.
Hazrati Oysha (r.a.) marhamat qiladilar:
“Rasululloh (s.a.v.) bilan birga chiqdik. Maqsadimiz haj qilmoq edi. Sarif degan joyga
borganimizda hayz bo‘ldim. Yig‘larkanman Rasululloh (s.a.v.) yonimga kirdilar va:
–
Nima qildi, hayz bo‘ldingmi?, – deb so‘radilar.
– Ha, – dedim. Payg‘ambarimiz (s.a.v.):
– Bu, Alloh taolo ayollarga xos qilgan bir xususiyat. hajning Baytulloh tashqarisidagi
barcha talablarni o‘rinlat,– dedilar. Rasululloh (s.a.v.) keyinroq xotinlari uchun bir sigir
qurbon qildilar”.
Bir ayol oy ko‘rgan (hayz) holida ehromga kirarkan, haj sunnatlaridan bo‘lmish g‘usl
qilishi mumkin. Zero, bu g‘usl vujud pokligi uchundir. Nifos (nifosli) bo‘lsa ham g‘usl
qiladi. Faqat Masjidi
Sharifga kirishi joiz emas, tavofni kechiktiradi.
Bu mavzuda hazrati Oyshadan (r.a.) qilingan rivoyatlarda aytiladi:
“Umays qizi Asmo Muhammad ibn Abu Bakrni (haj yo‘lida) Zulxulayfaga yaqin
Hudaybiya sulhi (bitimi) tuzilgan daraxt yonida tug‘di. Shundan so‘ng Payg‘ambarimiz
(s.a.v.) Abu Bakrga Asmo g‘usl etib, shundayligicha talbiya aytishini amr etdilar”.
Bir ayol farz bo‘lgan bu ziyorat tavofini qilgach, oy ko‘rsa, undan (zimmasidan) vido –
ayriliq tavofi tushadi. Va tark etgani uchun hech narsa lozim emas. Bir ayol hayit
(bayram) kunlarida ziyorat tavofini yoki uning ko‘pini bajaradigan vaqt toza bo‘la turib,
tavofni tark etadigan bo‘lsa, o‘sha ayol jazo (kafforat) sifatida
bir qurbonlik qilishi
lozimdir.
Agar qurbon xayitining birinchi, ikkinchi, uchinchi kunlari poklanmagan bo‘lsa, tavofni
keyinga qoldirgani sababli o‘ziga hech narsa lozim emas.
Shu bilan birga, agar haj
farzlaridan bo‘lgan bu tavofni yoki uning ko‘pini bajaradigan qadar muddat toza bo‘lgan
bo‘lsa va o‘sha kunlarda bu tavofni qilmagan bo‘lsa, kechiktirganligi sababli bir qo‘y yoki
bir echki qurbonlik qilishi lozim bo‘ladi. Chunki, vojibni uzrsiz tark etmoqda. Agar ayol
ehromdalik paytida odat ko‘ra boshlasa, g‘usl etadi va hajning
barcha ruknlarini erkak
kabi bajarishi mumkin, faqat bu holda (hayzli) ziyorat tavofini ado etolmaydi (keyinga
qoldiradi, kechiktirgani uchun qurbonlik qilishi ham lozim emas).
Kechiktirishga to‘siqlar – sabablar bo‘lsa, masalan, hajga birga borgan safardoshlari
kutmasdan ketadigan bo‘lsalar, mone bo‘lgan taqdirda tavofni ado etib,
jazo sifatida bir
tuya qurbon qilishi mumkin. Tavba qilib, istig‘for aytadi yoki ziyorat tavofini keyin qiladi.
Makka xalqidan bo‘lmay, boshqa yerdan kelgan ayol hajga kelib, ehromdan va Arofatda
vaqfadan so‘ng hayz ko‘rib, ziyorat tavofini qilmay hayz uzayganidan
Qurbon hayitining
to‘rtinchi kuni ham o‘tib, tozalanmaganidan tavofni qilmasdan mamlakatiga ketsa,
ayolning haji tamom bo‘lmaydi.