Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com kutubxonasi
20
buyon Allohga va insonlarga nisbatan ma’sul bo‘lganini bildirish onalarga vojibdir.
Balog‘atga yetgan qizning ilk ko‘rgan hayzi juda muhim, chunki bu doimo o‘ziga odat
bo‘ladigan hodisadir. Shuning uchun ham bunga e’tibor bermoq lozim. Odat kunlarini
to‘g‘ri hisoblab, to‘g‘ri belgilamoq lozim. Shunga ko‘ra, qiz odat vaqtiga hozirlik ko‘radi.
Qiz ilk ko‘rgan qon hech to‘xtamasa, odat qanday aniqlanadi?
Bir qiz balog‘at yoshiga yetib, ilk qon ko‘rsa-yu, to‘xtamasa, oyning o‘n kunini hayz,
yigirma kunini poklik deya qabul etmoq lozim. Va qon davom etib turgan muddatga har
oy shunday hisoblanadi. Bu hol uning davomiy odatidirki, hayz deb qabul qilingan o‘n
kunda namozlarini o‘qimaydi va shu o‘qimagan namozlarini qazo qilib o‘qimaydi. Shu o‘n
kunga Ramazon to‘g‘ri kelib qolsa, ro‘zasini tutmaydi. Lekin keyin poklangach, qazo qilib
tutadi. Boshqa hayz hukmlari ham shunga ko‘ra tadbiq etiladi. Faqat poklik hisoblangan
yigirma kun uzr sohibi kabi har namoz vaqtida tahorat olib, farz va nafl namozlarini
istaganicha o‘qishi mumkin. Agar bir muddatdan so‘ng qon to‘xtasa, bu holda ayol
vaziyatiga ko‘ra, ya’ni, odat belgilanishi zarur.
Dostları ilə paylaş: