Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com kutubxonasi
18
Balog‘atga yetgan qiz qarindoshlar bir o‘rinda yotadimi?
Islom dini (oxirgi chegara sifatida) o‘n yoshga kirgan qiz bolalarning erkak qarindoshlari
tugul, hatto qiz qarindoshlari bilan bir o‘rinda yotmasligini amr etadi.
Bu diniy buyruqdan maqsad – qiz bola nomusini himoya qilmoqdir.
Hayz – odat ko‘rish
Hayz ham ayol organizmiga xos holat bo‘lib, uni bilish
Islomda muhim ahamiyat kasb
etadi. Hayzning odat ko‘rish, oy ko‘rish, nopoklik, betahoratlik, benamozlik kabi nomlari
bor. Hayz ilmini o‘rganish ayollarga farzi ayndir. Hamda eng muhim masalalardandir.
Imomi Muhammad hayz haqida alohida bir kitob yozganlar.
Chunki poklik, namoz, ro‘za,
Qur’on o‘qish, e’tikof, haj, balog‘at, jinsiy munosabat, ajrashish, idda kabi bir necha
ibodatlar hayzga bog‘liqdir.
Nifos
Nifos: lug‘atda – ayol ko‘zi yorishi ma’nosida kelgan.
Shariatda esa, bola yoki bolaning
ko‘p qismi – (hatto a’zolari parcha-parcha bo‘lsin) chiqqandan so‘ng ayol rahmi
(bachadon)dan kelgan qondir.
Bolaning oz qismi chiqqandan so‘ng qon kelsa, nifos emasdir.
Ayol tahorat olib namozini
o‘qiydi. Ruku’ va sajdaga iloji bo‘lmasa, imo-ishora bilan o‘qiydi. Kechiktirmaydi, tark
etmaydi.
– Ko‘z yorigan ayol hech qon ko‘rmasa nifosli bo‘ladimi?
– Ha, nifosli bo‘ladi.
Bolani tabiiy tug‘ib, rahmi (bachadoni)dan qon kelgan taqdirda nifoslidir. Chunki, ko‘z
yorigach qon rahmidan chiqqandir. Qon qornidan, ya’ni kesilgan joydan kelsa, nifos
emas, yaralidir.
Nifos – tug‘ishdan keyin oqadigan qondir. Ko‘z yorigan holda qon ko‘rmagan ayol g‘usl
qilishi shart emas. Bu Abu Yusuf hazratlarining qarashi28 .
Imom Muhammad hazratlaridan
ham shunday rivoyat bor, faqat bu ayolga tahorat olish
vojib. Chunki, bola bilan birga ifloslik ham chiqqan.
Imom A’zam Abu Hanifa hazratlariga ko‘ra, bunday ayolning g‘usl etishi zarur.
Olimlarning ko‘pchiligi shu qarashni qabul qilgan.
Dostları ilə paylaş: