Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc


Uzrli sanalishning sharti



Yüklə 295,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/82
tarix01.05.2023
ölçüsü295,77 Kb.
#105667
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   82
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar

Uzrli sanalishning sharti 
Bir namozning komil vaqtiga qadar ayolda qon davom etib, vaqtining hammasini 
qoplamaguncha uzrli hukmi ayolda sobit bo‘lmaydi. Namoz vaqti ichida tahorat olib
namoz o‘qiydigan qadar qondan toza o‘laroq bir vaqt topilsa, faqat o‘sha vaqt uzr sohibi 


Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
35
bo‘lur. Uzrli ayol har farz namozning vaqti uchun tahorat oladi va o‘sha tahorat bilan 
o‘sha vaqtda farz va nafl namozlaridan xohlagancha o‘qiydi, Hanafiylarga ko‘ra, uzrlining 
tahoratini vaqtning chiqishi buzadi.
Uzrli ayol har namoz uchun g‘usl qilishi shartmi? 
Har namoz uchun g‘usl qilish katta mashaqqat keltirishi bilan birga, kundalik ishlarga 
ham xalal beradi. Islom har sohada, har ishda tozalikka ahamiyat berish bilan birga, 
qulaylik va osonlikni ham saqlaydi. 
Hanafiylarga ko‘ra uzrli ayol pok ayol hukmidadir, ya’ni, namozini o‘kiydi, ro‘zasini 
tutadi, Qur’on o‘qiydi, jinsiy munosabatda bo‘la oladi. Faqat har namoz uchun bir tahorat 
oladi, g‘usl qilishning hojati yo‘q.
Uzr qoni davom etarkan, hayz boshlansa va o‘zi buni ajrata olsa, namozni tark etadi. 
Ramazon bo‘lsa, o‘sha muddat ichida ro‘za tutmaydi va jimo’ qilmaydi. Muddat o‘tishi 
bilan bir marta g‘usl qiladi va so‘ngra tahorat olib, ibodatida davom etadi. Uzrli ayol 
tahorat olmasdan avval, tanosil a’zosini yaxshilab yuvadi va toza bo‘z bilan yaxshilab 
artadi.
Uzrli ayolda uch xil holat bo‘lishi mumkin: 
1. Hayz muddati, istihoza bo‘lmasdan avval aniqlanadi. Istihoza holi boshlangan bo‘lsa 
ham hayz (odat) muddatini ajratib aniqlab olgan ma’qul. Ayol o‘zi ajratolmasa albatta 
shifokorga murojaat qilishi kerak. Umuman, istihoza holati bo‘lganda ayol bunga loqayd 
qaramasligi kerak, darhol shifokorga borishi kerak.
2. Bordi-yu qon to‘xtamay davomli oqsa shu sabab ayolning hayz muddati aniq 
bo‘lmasa, bu holatda hayz ko‘rish muddati 6 yoki 7 kun sanaladi. Chunki, ko‘pchilik 
ayollarning odati shunday. Bu taqdirda ayol qoni to‘xtashi bilan yo 24 kecha-kunduz yoki 
23 kecha-kunduzli namozini o‘qiydi. 
3. Ayolning hayz muddati ma’lum emas, ya’ni turli vaqtlarda bo‘lsa va odat qoni bilan 
boshqa qonlarni ajratadigan vaziyatda ayol qonini farqlashi (ajratishi)ga ko‘ra hukm 
etadi. To‘q qirmiz, qoraga moyil oqqan qon hayzdir, davom etishi bilan namoz o‘qimaydi, 
ro‘za tutmaydi. Rangi o‘zgarishi bilan uzr qoni boshlanganiga hukm etadi. Va yuvinib-
cho‘milib namozini boshlaydi.
Yangi hayz ko‘rgan haqida: hayzning eng ko‘p muddati (10 kun)dan ziyod ko‘ringan qon 
istihozadir.
Odati bo‘lgan ayol haqida: odatidan ziyod kelgan qon bilan (10 kundan ziyod kelgan 
qon), nifosda 40 kundan ziyod kelgan qon istihozadir. Ayolning odati aniq belgilangan 
bo‘lsa, odatiga havola etiladi. Ya’ni, odat muddatidan ziyod kelgan qon xastalik qoni 
bo‘ladi. 
Hayz tugashi bilan darhol kelgan qon hayz emas, uzrdir. Ya’ni, ikki hayz ketma-ket 
kelmaydi. Nifos ham shunday. 
Bir ayol hayz va nifos uchun belgilangan so‘nggi muddatdan ziyod qon ko‘rsa bu istihoza 
qoni hisoblanadi. Bir ayol hayzning eng oz muddatidan ozroq bir muddat qon ko‘rgan 


Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi 

Yüklə 295,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin