www.ziyouz.com kutubxonasi
36
bo‘lsa, istihozadir. Keksa ayollar bilan yosh qizlar ko‘rgan qonlar ham istihozadir. Bir
ayol homilador paytida yoki ko‘z yoradigan vaqt, ko‘z yorishdan avvalroq ko‘rgan qonlar
ham istihoza qonidir.
Ayolning har oy boshida, masalan, 5 kun hayz ko‘rish odati bo‘lsa-yu, 6 kun qon ko‘rsa.
6-kun ham hayz sanaladi. Bundan so‘ngra 14 kun poklik davrini o‘tkazib, yana bir kun
qon ko‘rsa odatiga havola etiladiki, o‘sha ham 5 kundir. 6 kun istihoza bo‘ladi. O‘sha kun
tark etgan namozlari qazosini ado etadi.
Ayolning har nifosda odati 30 kun bo‘lib, so‘ngra bir marta 31 kun qon ko‘rsa, izma-iz 14
kun bir poklik davri kechirib, hayzini ko‘rsa, bu ayolning odatiga havola etiladi. Odati 30
kundir. Ziyoda bo‘lgan bir kun tozalik davri bo‘lgan 15 kundan hisoblanadi.
Ayol tushida jimo’ qilsa, g‘usl qiladimi? Hazrat Payg‘ambarimizning (s.a.v.) juftlaridan hazrati Ummu Salama onamizning
yonlarida Ummu Sulaym (r.a.) ismli ayol Allohning Rasulidan so‘radi:
– Yo Rasululloh! Tushida eri (yoki boshqa) bilan jimo’ qilganini ko‘rsa, ayol g‘usl
qiladimi?
(Bunday savoldan uyaldilar shekilli) hazrati Ummu Salama Ummu Sulaymga qarab
tanbeh berdilar:
– Xudo, xayringni bersin! Boltani toshga urding, yo Ummu Sulaym! Rasululloh
xuzurlarida ayollarni yerga urding!
Ummu Sulaym bunga qarshi shunday javob berdilar:
– Shubhasiz, Alloh haqiqatni bilishda uyalishni buyurmagan. Bilmaganimizni
Rasulullohdan so‘raymiz, haqiqatni bilganimiz bilmasligimizdan xayrliroqdir.
(Ummu Sulaymning savoli o‘rinli ekanini o‘nglash uchun) Rasululloh (s.a.v.):
– Xudo sening xayringni bersin, Ummu Sulaym, boshi berk ko‘chaga kirgan sensan,
dedilar va savolga javoban shunday marhamat qildilar: “Tush ko‘rganida ayol maniysi
kelsa (buni ko‘rsa) cho‘milishi (g‘usl qilishi) zarur”.
Bu gal Ummu Salama so‘radilar:
– Yo Rasululloh! Ayolning ham maniysi bo‘ladimi?
Rasululloh bu savolga shunday javob berdilar:
– Ayolning maniysi bo‘lmasa edi, qanday qilib bolasi o‘ziga o‘xshashi mumkin bo‘lardi.
Shubhasiz, ayollar erkaklarning o‘xshashidir (ya’ni, bu jihatdan ayol erkakka o‘xshaydi.
Havla (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) ayol tushida erkaklar ko‘radiganini ko‘rishi
haqida so‘radi. Payg‘ambar (s.a.v.) Janobimiz unga shunday marhamat qildilar: “Inzol
voqe’ bo‘lmaguncha (maniy oqmaguncha) g‘usl shart emas. Xuddi erkakdan maniy
kelmaguncha g‘usl unga shart bo‘lmagandek...”
Bir qarashga ko‘ra, ayol ihtilom bo‘lib, maniy chiqmasa ham, inzol lazzatini topgan,
totgan bo‘lsa, ayolga g‘usl qilish vojib. Chunki, ayol maniysi ko‘ksidan rahmga tushadi.
Erkakda esa, aksincha maniy ko‘rinishi shart.
Boshqa bir qavlga ko‘ra, ayol zimmasiga g‘usl farz bo‘lishi uchun maniysi xazna
tashqarisiga chiqqan bo‘lishi shart. Fatvo ham shunga ko‘radir.
Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi