www.ziyouz.com kutubxonasi
32
Nifos muddati bilan bog‘liq masalalar Nifosning eng kam muddati qonning bir soat bo‘lsa ham kelishidir. Ko‘pi bilan 40 kun.
Faqat shularga binoandir.
Agar qon ilk boshlanishida yoki odatlarida 40 kundan ko‘p bo‘lsa, yuqorida ishora
etilgandek, buning 40 kuni nifosli ekaniga e’tibor etiladi. Ikki qon orasida tozalik (qonsiz
holi) 15 kundan ziyod bo‘lsa ham Abu Hanifa (r.a.)ga ko‘ra, bu muddat – nifosdir. Fatvo
ham shu asosga binoandir.
Bir ayol ko‘z yorigach, bir muddat qon ko‘rib so‘ngra qirq kun ichida qon to‘xtab, tozalik
ko‘rgach, qirq kunning oxirlarida yana qon ko‘rsa, bu qon ketma-ket kelgan qon
hukmidadir. Va ayolning nifosi ikkinchi marta kelgan qonning tugashi yoki 40 kundir.
Nifos muddati ichida ko‘rilgan poklik ham nifos hisoblanadi. Masalan, 10 kun qon kelib 5
kun to‘xtagach, yana 10 kun qon keladigan bo‘lsa, bu 25 kunning hammasi nifos
muddati hisoblanadi. Nifosda, 40 kun orasida ko‘rilgan tozalik Imom A’zamga ko‘ra xoh
15 kun, xoh ozroq yoki ko‘proq bo‘lsin, tanaffusni tashkil etmaydi. Poklikning ikki
tarafidagi qon davomli qon kabi hisoblanadi. Fatvo ham shunga ko‘ra.
Imomayn (imom Muhammad bilan Abu Yusuf)ga ko‘ra esa, 15 kun tanaffusni tashkil
etadi. Ayol ko‘zi yorigandan so‘ng bir kun qon, 38 kun poklik va bir kun qon ko‘rsa,
Imom A’zamga ko‘ra bu 40 kun nifosdir. Imomaynga ko‘ra faqat birinchi kun ko‘rilgan
qon nifos sanaladi.
Birinchi marta nifosdagi ayolning nifos qoni 30 kundan keyin to‘xtasa, so‘ngra 45 kun
tamom bo‘lmasdan yana qon ko‘rsa, buning 40 kuni nifosdir. Chunki, nifos bilan hayz
orasidagi poklik muddati 15 kun bo‘lmaydi. Ikkinchi qon uzr qonidir. Bunday holda
nifosning muddati 40 kun hisoblanadi. Nifosdagi ayolning masalan, har doimgi nifos
davri 40 kun bo‘lib, bu gal 20 kun qon ko‘rib to‘xtasa, so‘ngra 19 kun toza qolsa, avvalgi
odati bo‘lgan 40 kunini tamomlamaguncha eri bilan jinsiy munosabatda bo‘lmaydi.
Agar nifosdagi ayol 40 kun o‘tmaslik sharti bilan odatidan tashqari qon ko‘rsa, masalan,
odati 20 kun ekan, 15 kunda qon to‘xtasa yoki qon 25 kun davom etsa, odati 15 kun,
ikkinchisiga ko‘ra odati 25 kun bo‘ladi.
Nifosning hukmi Nifos asosan hayz kabidir. Avvalroq hayz va nifos haqida mushtarak hukmlar bo‘limida
aytildi. Ya’ni, nifosli ayol ham hayzli kabi Qur’on o‘qiy olmaydi, jome’ga kirolmaydi,
Ka’bani tavof eta olmaydi.