Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com kutubxonasi
8
Erkak har joyda, duch kelgan ayoldan xohlagancha foydalanishini din ta’qiqlagan. Islom
bu borada ayollar uchun islomiy kiyinish qoidalarini ko‘rsatib, ayollar zimmasiga
majburiyat yuklagan.
Islom buyurgan shaklda kiyinmaganlar o‘zlarini qanchalik yalang‘och ekanliklarini
bilmasalar ham, kiyinganmiz deya o‘ylasalar ham, hazrat Muhammad (s.a.v.)
ifodalaganlaridek “kiyingan yalang‘ochlar”dir.
Yalang‘ochlik lug‘atda “hech narsa kiymagan holat, yechinganlik, uryon, ustida libos
bo‘lmaslik” mazmunida keladi. Yalang‘ochlik islomiy ma’noda esa, avratlari butunlay yoki
qisman ochiq ma’nosidadir. Yalang‘ochlik – Islom dini boshqa insonlardan himoyalanish
uchun o‘rashni amr etgan tana a’zolarining ochiq qolishidir. Balog‘atga yetgan qizlarning
yoki xotinlarning turmushga chiqishi mumkin bo‘lgan erkaklarga vujudining har qanday
bir (avrat hisoblangan) a’zosini ko‘rsatishi yalang‘ochlik sanaladi. Yalang‘ochlik dinimizga
ko‘ra bir fitnadir. Terror insonning tanini o‘ldirarkan, yalang‘ochlik esa ham inson
badanini, ham ruhini o‘ldirmoqda. Yalang‘ochlik tufayli uyalish tuyg‘usi yo‘qoladi. Alloh
Zuljalol ta’kidlagan yomon tuyg‘u va hatti-harakatlardan tiyilmoq va qochmoq hayo
(uyalish tuyg‘usi)dir. Hayo – uyalish va or ma’nosidadir.
Islom atamasiga ko‘ra hayoning boshqa bir ta’rifi; munkar (yomon va harom)dan
chekinmoq, uzoqlashmoq, qochmoq va inson o‘z-o‘zini ayblamog‘idir. Uyalmoq –
noto‘g‘ri xohishdan tiyilmoqdir, shariat ta’qiqlagan ish-harakatlardan to‘xtamoq va
xijolat bo‘lmoq tuyg‘usidir. Uyalish tuyg‘usi insonni yaxshilikka yo‘llab, yomonlikdan
qaytaruvchi bo‘lgani uchun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) iymonning bir shoxi deganlar.
“Allohdan haqiqiy hayo qilgan odam, boshini va boshidagi ko‘z, til, quloq kabi a’zolarini,
qornini va qorin bo‘shlig‘idagi a’zolarini (Allohning amriga zid harakatdan) tiysin,
(aksincha) o‘limni va chirib yo‘q bo‘lajagini xotirlasin. Oxiratni istagan dunyo bezaklarini
tark etadi. Bularni ado etgan, Allohdan haqiqiy hayo etgan (uyalgan) bo‘lur” .
Tasattur qoidalari uylanish va oila qurishni himoya qiladi. Erkak bilan ayol orasidagi
fitna, adashish sababi avvalo erkak bilan ayolning birga bo‘lishi va do‘st tutinishidir.
Dinimiz majburiy hollardan tashqari ayol va erkak birga bo‘lishini xavfli hisoblaydi.9
Shariat bu saqlanishni faqat qarindoshlik va ehtiyot chora-chegaralari ichida joiz ko‘radi.
Janobi haq ayol bilan erkakni hassos yaratgan va bu ikki jins orasida ma’lum bir chegara
qo‘ygan. Bu ikki jins orasidagi farqlilik holatiga shunday misol keltirishimiz mumkin.
Urg‘ochi bilan erkak (zid) qarama-qarshi (jins) baholanadi. Pozitiv (+) va negativ (–)
sifatida ta’riflaydigan bo‘lsak, bu baholar ayol va erkak orasidagi tortishish quvvatini
yetishtiradi. Erkakning ayolga bo‘lgan shahvati sababli erkak bilan ayol orasiga
tushadigan ta’sirga to‘siq bo‘luvchi tasattur ayol bilan erkakning aralashuvini man qiladi.
Yalang‘ochlik tug‘dirgan chegarasizlik ayol va erkakni bir-biriga gij-gijlab, uylanish va
oila qurish tamallarini buzadi.
Dostları ilə paylaş: