Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar
www.ziyouz.com kutubxonasi
7
ko‘zlab qilinsa, maqbul emas. Ibodatlarimizni yolg‘iz Alloh rizoligi uchun ado etsak ,
Alloh kutilmagan joydan ne’matlar yuborib mukofotlantiradi. Ayollar ham Alloh uchun
kiyinib, yashasalar, ham bu dunyoda, ham oxiratda mukofotlarini ko‘radilar, inshoalloh.
“Ma’naviy foyda” deb ta’riflaganimiz, Alloh rizosi uchun kiyinish va boshqa ibodatlarning
ado etilishi hech tugamaydigan jannatga erishtiradi. Janobi Haqqa bir odim
yaqinlashsak, u bizga o‘n odim yaqinlashadi. Bir yaxshilik qilsak, Rabbimiz bizga o‘n
yaxshilik qiladi. Amallarimizning haqiqiy mukofotini abadiy dunyoda ko‘rishimiz
shubhasiz.
Yopinchiqning yana bir foydasi – ayolni erkaklarning yomon nazari, zararli energiyasidan
saqlaydi. Amerikalik bir shifokor mutaxassis g‘arblik ochiq-sochiq ayollarni teri va
tanalari borasida tadqiqot o‘tkazgan. Tadqiqotchi ovro‘palik va amriqolik ayollarning
yosh bo‘lishlariga qaramasdan yuzlarida joziba kamayib, ajinlar ko‘payganini, bo‘yoqlari
to‘kilgan mashina kapotlarini takror bo‘yagandek bo‘lib, go‘zallashish o‘rniga, aksincha
battar buzilganlarini kuzatgan. Amriqolik teri mutaxassisi Sharq musulmon ayollari
borasidagi tadqiqoti natijasi tamoman teskariligini, masalan, 70 yoshli musulmon
ayolning 35-40 yoshdagi ayolday badanida tirish yo‘qligini va yuzi g‘oyatda nurli ekanini
ko‘rdi. Tadqiqotchilarning aniqlashicha, G‘arb ayollaridagi teri raki musulmon o‘lkalardagi
ayollarda yo‘q darajada. Tadqiqotchi buning sababini shunday tushuntiradi: “Mashina
faralaridan taralgan nurlar pashsha va quyonni qanday behuzur qilsa, erkaklar ko‘zidagi
elektromagnit to‘lqinlari – alfa, betta va gamma nurlar ham ayollarning badaniga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi”7 .
Tadqiqotchi Sharq jamiyatidagi musulmon ayollarning yuz terilari keksa bo‘lishiga
qaramasdan uncha burishmaganiga va terisida saraton (rak) kasalliklari deyarli
yo‘qligiga tasattur sabab ekaniga, u ayollar tanini quyoshning zararli nurlariga va
erkaklarning elektromagnit to‘lqinlariga to‘yingan nazarlariga to‘siq bo‘lib xizmat
qilishiga va bu hikmatli ekaniga qanoat hosil qilibdi.