www.ziyouz.com kutubxonasi
4
HAZRAT PAYG‘AMBARIMIZNING (S.A.V.) AYOLLARGA AJRATGAN DARSLARI HAQIDA “Bir ayol hazrat Payg‘ambarimizga (s.a.v.) dedi: «So‘zingizni tinglashimizga imkoniyat
bo‘lmayapti, bevosita o‘zingizdan eshitaylik, bir kunni tayin kiling, kelaylik, Alloh sizga
o‘rgatganini bizga o‘rgating!». Hazrat Payg‘ambar (s.a.v) alohida dars o‘tishni qabul
qilib, buyurdilar: “Falon kun, falon yerda to‘planinglar!” O‘sha kun kelgach, ularga va’z-
nasihat aytdilar, ba’zi diniy ishlarni buyurdilar: “Ey xotinlar, orangizda uch bolasi o‘lgan
birorta ham xotin bo‘lmasa kerak, mabodo bo‘lsa, uni o‘sha bolalari parda bo‘lib do‘zax
o‘tidan asragaydir”, dedilar. Shunda bir xotin: “Ikkita bo‘lsa-chi?”, dedi. Rasululloh
(s.a.v.): “Ikkita bo‘lsa ham (parda bo‘lgaydir)”,-dedilar (bu gap otaga ham taalluqli).
Ayollarning fikr va tushunchalaridan foydalanish kerak emas, deganlar, ularni fikr-
o‘ylarini bayon etmoqdan mahrum qilib, porloq va nurli shariatga, sog‘lom aqlga qarshi
chiqadilar. Chunki, mo‘mina ayollar bilan maslahatlashishni bevosita shariat amr
etmoqda. Alloh Qur’oni karimda shunday marhamat etadi: “... ishlaringizda ularga maslahat soling!...” (Oli-Imron surasi, 159-oyat). Diqqat etilsa bu oyati karimada
Rasulullohga (s.a.v.) ham mo‘min erkaklar bilan, ham mo‘mina ayollar bilan
maslahatlashish amr etilmoqda. Tabiiyki, musulmonlar ham shu amrga tobe’dirlar. Bir
xadislarida «Ayollaringizga maslahat soling, ammo ularning aytganlariga teskari ish
tuting» deganlar. Oyati karimada faqat erkaklar bilan maslahatlashib, ayollar bilan
maslahatlashmaslik kerak, bunga ehtiyoj yo‘q, deydigan bir ishora mavjud emas. Bu
oyati karimani faqat erkakka maxsus deyish ayolga muxoliflikdan boshqa narsa emas.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham erkaklarga, ham ayollarga teng yuborilganlar. Allohning va
Payg‘ambarining xitoblari ayollarga ham, erkaklarga ham qaratilgan. Bu xitoblarni ochiq
bir nass yoki ijmo bo‘lmaguncha erkaklar maxsus etib, ayollarni tashqarida qoldirmoq
joiz emas. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ahli ayollari bilan maslahatlashib ish ko‘rganliklari
ma’lum. So‘zimiz quruq bo‘lmasligi uchun ushbu hadisni keltiramiz. Abu Hurayra (r.a.)
rivoyat qiladilar: “Rasululloh (s.a.v.) bunday deb aytdilar: “Kimki Alloh taologa va
qiyomat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, qo‘shnisiga ozor bermasin! Shuningdek ayollar
bilan doimo yaxshilikcha maslahatlashingizlar...”
Rasululloh (s.a.v.)ning siyratlari ayollar bilan maslahat qilish xususida bir ibrat
xazinasidir.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) 6 hijriy yilda 1400 sahoba bilan Madinadan Baytullohning
ziyorati uchun borganlarida mushriklar Hudaybiya nomli vodiyda yo‘lni to‘sdilar. O‘sha
yerda sulh tuzilib, musulmonlar Ka’bani ziyorat qilmay qaytib ketadigan bo‘ldilar.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hudaybiyada oyoqqa qalqib; “Ey insonlar, turing
qurbonliklaringizni so‘ying. Sochlaringizni oldiring va ehromdan chiqing!”, deya ashobga
amr etdilar. Ulardan hech biri joyidan qimirlamadi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) amrlarini
yana bir takrorladilar. Yana qimirlashmadi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) buyruqlarini uchinchi
bor takrorladilar. Yana qimirlamadilar Payg‘ambarimiz (s.a.v.) zavjalari Ummu
Salamaning yonlariga bordilar. Borishlari bilan Ummu Salama: “Yo Rasululloh! Ne
bo‘ldi?”, deb so‘radilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Ey Ummu Salama! Xalqning
(musulmonlarning) bu tutimi nedir? Esankiraydigan hol. Ularga: qurbonliklaringizni
so‘ying, sochingizni oldiring va ehromdan chiqing!, deb takror-takror aytdim. Ular
so‘zlarimni eshitar, yuzimga boqisharu amrimni bajarmoqka turishmadi?!”, deb nolidilar.
Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi