- 85 - Bobokalonimiz Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosida
charchash mavzusiga katta e’tibor berilgan. Bir minginchi yili
yozishni boshlab, bir ming yigirma to‘rtinchi yili mukammal
tarixiy ilmiy asarga aylangan «Kitob ul qonun fit tib”da
surunkali jismoniy mashq bajarish charchoqni vujudga
keltirishiga to‘xtalib, uni to‘rt xilga ajratib izoh bergan:
1.
Yarali charchash – unda terini yuzida yoki tagida yara
kabi narsa seziladi.
2.
Qotib charchash – unda kishi go‘yo gavdasini ezilgan
yoki majag‘langan gumon qilib tanasida issiqlik va
bo‘shashishni sezadi.
3.
Shishli charchash – bunda tana odatdagidan
qizarganroq bo‘lib, g‘ovlaganga o‘xshash hissiyat sezadi.
4.
Ozib charchash – unga uchragan kishi gavdasini
qurigan va kovjiraganroq sezadi.
X asrgacha Markaziy Osiyo xalqlari jismoniy tarbiyasi
tarixida tan tarbiyasining ilmiy-amaliy fikrlari birinchi bo‘lib
yuqorida qayd qilingan asarda ifodalanganligi e’otibor bersak
bu asar charchoqning ichki mexanizmini mukammal bayon
etib uni organizmda tiklanishi haqida tibbiy maslahatlar
berilgan. Jismoniy tarbiya amaliyotida
aqliy, jismoniy, emotsinal, sensor charchoqlarni farqlashimizga to‘g‘ri
kelmoqda.
Chidamlilik
vositalar
va
vositalarsiz
o‘lchanadi.
Chidamlilikni vositali o‘lchash uchun ma’lum tezlik bilan
yugurish
tavsiya
qilinadi
hamda
o‘sha
intensivlikni
bo‘shashtirmay ushlay olish vaqti (tezlikni susayishi
boshlangunga qadar) hisoblanadi. Shuning uchun to‘g‘ridan-
to‘g‘ri chidamlilikni o‘lchash juda noqulay. Ko‘proq vositasiz