- 86 - o‘lchashdan foydalaniladi. Sport amaliyotida, uzoq masofaga
(10.000
m ; 20.000
m ) yugurish uchun sarflangan vaqtiga qarab
chidamlilikka baho beriladi.
Kishining harakat faoliyati turlichadir. Charchoqning
xarakteri va mexanizmiga qarab maxsus va umumiy
chidamlilik farqlanadi.
Tanlab olingan (ixtisoslik) sport turi yoki mehnat faoliyati uchun talab qilinadigan chidamlilikni maxsus chidamlilik, boshqa hayotiy sharoitdagi faoliyat uchun lozim bo‘lgan
chidamlilikni umumiy chidamlilik deyiladi.
Bokschining maxsus chidamliligi, futbolchining umumiy
chidamliligi degan iboralardan amaliyotda foydalanilmoqda.
Yugurish, suzish, chang‘ida yurish, qayiq xaydash kabi
sport turlarida deyarli barcha muskullar harakat faoliyatida
ishtirok yetadi. Shuning uchun charchoq ayrim muskullar
guruhida hamda organizmning barcha muskullarida bo‘lishi
chidamlilikni maxsus va umumiyligini keltirib chiqaradi va
shakl jihatdan bir xil bo‘lgan mashqlarni turli intensivlikda
bajarish imkonini yaratadi. Bunda chidamlilik ham turlicha
namoyon bo‘ladi. Shuning uchun jismoniy mashqlarni
bajarishda organizmning charchoqqa nisbatan talabi turlicha
bo‘ladi.
Chidamlilik talab qilinadigan mashqlarni bajarishda
insonning funksional imkoniyatlari, bir tomondan, lozim
bo‘lgan harakat malakalari va texnikani egallanganligi
darajasiga bog‘liq bo‘lsa, boshqa tomondan, organizmning
aerob va anaerob (kislorodli, kislorodsiz) imkoniyatlariga
bog‘liq. Nafas imkoniyatlarining xususiyligi nisbatan yuqori
emas, ular harakatni tashqi formasiga ham aytarli bog‘liq
bo‘lmaydi. Shuning uchun yugurish mashqi yordamida o‘zini