- 87 - aerob imkoniyatlarining darajasini oshirgan shug‘ullanuvchi
boshqa harakatlarni, masalan, eshkak eshish, yurish,
velosipedda yurish mashqlarni bajarishda ham o‘zining
chidamliligidan ijobiy naf oladi. Misol, yurish va yugurishdagi
harakatlarning koordinatsiyaviy tuzulishi va tezlik, kuch
xarakteristikasi ko‘p hollarda turlicha. Trenirovka orqali
yugurishda erishilgan tezlikni yaxshilanganligi yurushni
maksimal tezligiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsata olmaydi.
Yugurish
tezligi
yurish
tezligini
o‘zgarishiga
ta’sir
ko‘rsatmagan. Lekin uzun masofadagi shug‘ullanganlik bir
vaqtni o‘zida yurish bilan yugurishda bir-biriga «ko‘chishi»
mumkinligi ilmiy-amaliy isbotlangan (V.M.Zatsiorskiy va
boshqalar). Demak, koordina-tsiyaviy bir-biriga yaqin bo‘lgan
harakatlarni bajarishda sportchi organizmining vegetativ
sistemasini
funksional
imkoniyatini
e’tiborga
olsak
umumlashtirilgan holat, shartli aytilganda, “vegetativ”
shug‘ullanganlik chidamlilikning “ko‘chishi” (o‘tish) ga qulay
imkoniyat ochiladi. Lekin har bir holatda ko‘chish ro‘y
bermasligi
organizmning
energiyasi
imkoniyatlariga,
harakatlarning barcha sifat xususiyatlariga talab qo‘ymay,
harakat malakalarining o‘zaro muvofiqlashuvi xarakteriga
ham bog‘liq bo‘ladi.
Umumiy va maxsus chidamlilikning aniq vazifalarini hal
qilish og‘ir, ko‘ngilga tegadigan darajadagi bir xil va eng
kattahajmdagi og‘ir ishni bajarishni taqazo qiladi. Charchash
toliqishga aylana boshlanganda ham mashqni to‘xtatmaslik
talab qilinadi. Bu esa ruhiy tayyorgarlikning namoyon bo‘lishi
uchun yuqori darajada katta talabni qo‘yadi.
Chidamlilikni
rivojlantirish
mehnatsevarlikni,katta