-
91
-
ishlashini takominlash ancha og‘ir kechadi.
3. Dam olish
oralig’ining katta-kichikligi
organizmni
nagruzkaga javob reaksiyalari ko‘lami
va uni xarakterli
xususiyatlarini
aniqlashda
muhim
rol
o‘ynaydi.
Takrorlashlarda organizmga bo‘ladigan ta’sir reaksiyasihar bir
nagruzkadan so‘ng bir tomondan oldin bajarilgan ishga va
boshqa tomondan urinishlar orasidagi dam olishning
davomiyliligiga, katta-kichikliligiga bog‘liq. Katta dam olish
intervali subkritik va kritik tezliklarda mashqlarni bajarishda
fiziologik funktsiyani nisbatan normallashishi
uchun yetarli
bo‘lib har bir urinish yoki navbatdagisi birinchi urinishdagi
holatga yaqin bo‘lgan fonda boshlanadi. Bu boshlanishida
energiya almashinuvining fosfo-kreotin mexanizmi qatorida
tursa, so‘ng bir-ikki daqiqa o‘tib glikoliz maksimalga
ko‘tariladi va uch-to‘rt daqiqadan keyin nafas jarayonlari keng
faoliyatini boshlaydi. Uzoq davom
etmaydigan ish bajarilsa
ular lozim bo‘lgan darajadagi holatga kelishga ulgurmay ish
asosan anaerob sharoitda bajariladi. Agarda dam olish
intervali ozaytirilsa nafas jarayoni qisqa vaqt ichida bir ozga
pasayadi xolos, ishni davomi birdaniga kislorod yetkazish
faoltizimi (qon
aylanish, tashqi nafas va boshqalar) hisobiga
bajariladi. Bundan xulosa shuki, subkritik, kritik tezlikda
intervalli mashq bajarishda
dam olishning intervalini
ozaytirish nagruzkani nisbatan aerob qiladi. Teskarisi, yuqori
kritik tezliklarda harakatlanish va dam olish intervali
kislorodga muhtojlikni yo‘qotishga yetarli bo‘lmasa kislorod
etishmovchiligi
takrorlashdan
–
takrorlashga
qo‘shila
boshlaydi. Shuning uchun bu sharoitda
dam olish intervalini
qisqartirish anaerob jarayonlarhissasini orttiradi-nagruzkani