- 99 - reaksiya qilishi mumkin. Qiyin reaksiyalar xususiyligi bilan
ajralib turadi. Agarda odam navbati bilan ikki signalga yaxshi
reaksiya qilsa, uchta va undan ortiq signallarga ham shunday
tez reaksiya qiladi, deyishimiz noto‘g‘ri bo‘ladi.
Harakat tezligi reaksiyasini sekundlar va millisekundlar
bilan o‘lchanadi. Tezlikni rivojlantirish uchun vosita qilib,
odatda, maxsus mashqlar tanlanmaydi. Oddiy harakat
reaksiyasi tezlik talab qiladigan turli harakatlarni bajarish
davomida
rivojlanaveradi.
Bunda
harakat
reaksiyasini
“ko‘chish”i (tezlikning ko‘chishi) kuzatilmaydi, ya’ni tezlik
reaksiyasini rivojlantirish bilan harakat tezligini rivojlantirish
qiyin. Harakat reaksiyasini rivojlantirishda turli-tuman
harakatli, sport o‘yinlarini vosita sifatida qimmati yuqori,
ammo basketbol ularning ichida yetakchisidir.
Uni tarbiyalashning
asosiy metodi - paydo bo‘lgan,
bo‘ladigan signallarga imkoni boricha tez reaksiya qila olish.
Analitik yondoshish metodi , ya’ni yengillashtirilgan
sharoitda va tezlikda harakatlarni alohida ajratib olib tezlikni
rivojlantirish ham yaxshi natijalar beradi.
Sensamotor metodidan ham foydalaniladi
(S.P.
Gellershteyn 1958). Unda interval vaqtini farqlay olish
qobiliyatini oshirish uchun signallarga reaksiya qilish tezligini
oshirish mashq qilinadi.
Maktabdagi jismoniy madaniyat darslarida reaksiya qilish
vaqtini oldindan shartlashilgan turli-tuman signallarga
reaksiya qilishni talab qiluvchi (masalan, to‘xtalishlar bilan
bajariladigan erkin yugurishlar yoki o‘qituvchi signali,
buyrug‘i bilan yugurish yo‘nalishini o‘zgartirish) mashqlarni
yordamida rivojlantiriladi. Sport o‘yinlari reaksiya qila olish