- 97 - harakat chastotasi va shu bilan birga, davriy harakatlar
tezligini rivojlantirish maksimal tezlikda bajariladigan
mashqlarni bajarish orqali amalga oshiriladi.
V.P. Filinning (1970) isbotlashicha, sport trenirovkasining
boshlarida
tor
yo‘nalishdagi
mashqlar
bilan
tezlikni
rivojlantirish salbiy oqibatlarga olib kelar ekan. Bu metod
bilan natija sprintda 1-1, 5 sekundgina yaxshilanadi xolos.
Boshlanishdan umumjismoniy tayyorgarlikni oshirib tor
yo‘nalishdagi tezlik sifatlarini rivojlantirish ijobiy natija
beradi. Yuqoridagi qoidaga rioya qilish bilan cheklanib
qolinsa, tor yo‘nalishdagi tezlik uchun berilgan mashqlar
tezlik to‘sig‘ining (skorostnoy bar’er) paydo bo‘lishiga olib
keladi. Ana shu tezlikka organizmda refleks vujudga keladi,
bu esa
tezlikning stabillashuvi demakdir.
Harakat chastotasi va harakat tezligini rivojlantirish uchun
takrorlash, takroriy - oshirib borish va o‘zgaruvchan mashq
qilish
metodlaridan
foydalaniladi.
Bunday
metodlarni
qo‘llashda yugurish masofasi shunday tanlanadiki, uning
oxirida va yuguruvchiing takroriy urinishlarida ham tezkorlik
pasaymasligi kerak. Maksimal intensivlikda bajariladigan ish
anaerob sharoitda o‘tadi, shuning uchun dam olish intervali
urinishlar orasida kislorodga muhtojlikni qondira oladigan
darajada belgilanishi (o‘rnatilishi) lozim. Ularning oralig‘ini
yengil yugurish, osoyishta yurish va boshqalar bilan to‘ldirish
tavsiya etiladi. Emotsionallik va qo‘zg‘alishning yuqori
darajasi tezkorlik imkoniyatlarini namoyon bo‘lishi uchun
sharoit yaratadi. Bunda o‘yin va musobaqa metodlari
maqsadga muvofiqdir. Agarda ishni tez bajarish charchash
ko‘zga tashlana boshla-ganda bajarilsa, maksimal tezkorlik