- 94 - 2. Harakatlar chastotasi
3. Harakatlar reaksiyasi tezligi (yashirin latent davri).
Tezkorlikning eng sodda shakllarining namoyon bo‘lishi
bir-biriga aloqador emas. Ayniqsa bu reaksiya vaqtiga bog‘liq
bo‘lib, ko‘p hollarda harakat tezligi ko‘rsatkichlari bilan
korelyatsiya qilinmaydi. Tezlikning namoyon qilinishini qayd
etilgan uchta shaklining umumlashmasidan (qo‘shilmasidan)
aniqlash mumkin.
Masalan, 100
m ga yugurish natijasi startdan chiqish
reaksiyasi vaqtiga, alohida harakatlarning bajarilishi tezligi
(depsinish, sonni tez tiklab olish qadamlar sur’ati) va
boshqalarga bog‘liq. Amalda yaxlit harakatlar (yugurish,
suzish) ning tezligi to‘la harakat aktining tezligiga bog‘liq.
Biroq murakkab koordinatsion harakatlardagi tezlik faqat
tezkorlik darajasiga emas, balki boshqa sabablarga, masalan,
yugurishda qadam uzunliligiga, u o‘z navbatida, oyoqning
uzunliligiga va depsinish kuchiga ham bog‘liqdir. Shuning
uchun
yaxlit harakat tezligi individning tezkorligini qisman
ifodalaydi xolos. Aslida tezkorlikning eng sodda shakllarining
namoyon bo‘layot-ganligini tahlil qila olamiz xolos.
Ko‘pincha
maksimal
tezlik
bilan
bajarilayotgan
harakatlarda ikki xil fazasi farqlanmoqda:
a) tezlikni oshirib borish (tezlanish, olish) fazasi;
b) tezlikning nisbatan stabillashuvi fazasi (startdagi
tezlanish).
Tezlikni oshirib borish qobiliyati bilan masofani katta
tezlikda o‘tish qobiliyati
– tezkorlik namoyon qilishda biri
ikkinchisiga bog‘liq emas. Juda yuqori darajada startdan
chiqish tezligiga ega bo‘lib masofada tez yugura olmasligi