- 102 - amplitudasidagi
cho‘zish, buklana
olishni oshiradigan
jismoniy mashqlardan foydalaniladi. Ular ikki guruhga (faol
va passivga) bo‘linadi. Faol harakatlarda bo‘g‘inlardagi
harakatchanlik shu bo‘g‘indan o‘tadigan muskullarning
qisqarishi hisobiga ro‘y beradi, passiv harakatlarda tashqi
kuchlardan foydalaniladi. Faol mashqlar bajarilish xarakteriga
ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Ular
bir fazali va prujinasimon (ketma-ket, ikki-uch marotabalab engashish)
mashqlar. Ularga
tananing ma’lum a’zolarini yoki uning bir qismini tebratish,
siltashlar, oxirgi holatini ushlash qarshiliklarni yengish,
og‘irlikdan foydalanish mashqlari.
Bulardan tashqari maksimal amplitudada bajariladigan,
harakat davomida tanani qimirlatmay ushlash bilan (statik
holatda) bajariladigan mashqlar ham shu guruhga kiradi.
Passiv statik mashqlar da gavdaning holati tashqi kuchlar
hisobiga saqlanadi. Bu faol egiluvchanlikni rivojlantirish
uchun dinamik mashqlarga qaraganda samarasizroq, lekin
passiv egiluvchanlikni tarbiyalashda yuqori ko‘rsatkichlarga
olib kelishi mumkin. Muskullarning cho‘ziluvchanligi
nisbatan kam bo‘ladi. Agar bir harakatda ularning uzunligini
oshirishga harakat qilinsa, uning natijasi juda past bo‘ladi.
Biroq mashqlarni takrorlayverish mashq qilish orqali ular
qoldirgan natijalar yig‘ilib, amplitudaning ortishi juda sezirarli
bo‘ladi. Shuning uchun egiluvchanlikni oshirish mashqlari
seriyalar bilan, har birini bir nechta marta qaytarib bajarish
bilan rivojlantiriladi va shunday qilish ham zarur.
Seriyadan seriyaga o‘tgan sari harakat amplitudasi
kattalashtirilib boriladi. Har bir mashg‘ulotda cho‘ziluvchanlik
mashqlarini og‘riq sezguncha bajarish tavsiya etiladi. Og‘riq