- 103 - paydo bo‘lishi bilan mashq amplitudasi chegaralanadi. Agar
mashqlarni har kuni tizimli tarzda bir yoki bir necha marta
bajarilsa,
ularning
foydasi
ko‘proq
bo‘ladi.
Agar
egiluvchanlikning erishilgan darajasini saqlab turish maqsad
qilinsa, kamroq mashq qilish, ya’ni mashg‘ulotlar sonini
ozaytirib borish mumkin. Bu mashqlarni mustaqil topshiriq
sifatida uyga vazifa qilib berish samara beradi. Darslarda bu
mashqlar asosan darsning asosiy qismi oxiriga, chigal yozish
vaqtida va asosiy bo‘lmagan mashqlar orasidagi intervallarda
bajarish
tavsiya
qilinadi.
Egiluvchanlik
mashqlarini
bajarishdan oldin muskullarda yengil ter paydo bo‘lguncha
chigal yozish mashqlarini bajarish zarur. Bu mashqlar
hisobiga erishilgan harakatchanlikning ortishi nisbatan uzoq
davom etmaydi - xona temperaturasida 10 daqiqacha
saqlanadi. Issiqlik tarqalishini kamaytirish (issiq kiyim kiyish)
bilan, bu vaqtni ma’lum darajada oshirish mumkin.
Bolalik va o‘smirlik yoshida egiluvchanlikni rivojlantirish
oson bo‘lgani sababli 10-15 yoshdagilardan boshlab bu sifatni
rivojlantirishni rejalashtirish samara beradi.
Kuch va uni rivojlantirish usuliyoti. H ar qaysi individ
tashqi ta’sir yoki qarshilikni yengish uchun o‘z jismidagi
ma’lum sifatni namoyon qiladi.
Tashqi ta’sirga qarshi muskul zo‘riqishi orqali harakat faoliyati - shaxsning kuchi, uning kuch qobiliyati deb atash qabul qilingan . Shug‘ullanuvchi
mashg‘ulot paytida o‘z tanasi tinch turgan holdan sport
snaryadiga (uloqtirishda), o‘z tanasini harakatlantirish
maqsadida (gimnastika mashqlari va boshqalar), aylantirish,
siljitish, ko‘tarishga intilsa, ayrim hollarda uning teskarisi,
tananing o‘zi yoki uni bilagiga tashqi kuch ta’sir etishi bilan