- 106 - bo‘ladi.
Muskulning o‘ta zo‘riqishini optimal yo‘nalishi. Muskul
kuchi belgilangan faoliyatning yo‘nalishiga iloji boricha
yaqinlashtirilishi, moslashtirilishi lozim. Masalan, nayza
uloqtirishda zo‘r berib tanaga tezlik berishimiz mumkin, lekin
bu tezlik nayzani uloqtirishdagi zarbga moslanmasa,
sarflangan kuch samarasiz bo‘ladi, nayza mo‘ljallangan
traektoriyada uchmasligi mumkin. Past start olishda tananing
og‘ishi 54 va 72 gradusli burchak hosil qilgandan so‘ng
startdan chiqishning samarasi turlicha bo‘ladi. Hisoblashlar
ko‘rsatmoqdaki, ikkala oyoqdan 180
kg kuch bilan depsinish
72 gradusdan start olganda, kuchning gorizontal yo‘nalishi
samaradorligi 55, 62 dan oshmas ekan. Agar start 54 gradusda
bajarilsa, depsinish kuchi Samaradorli 105, 80
kg bo‘lishi
mumkin. Harakat tezligini oshirish, gavdaga tezlanish berish
uchun unga anchagina kuch ta’sir etilishi lozim. U qanchalik
kuchli bo‘lsa, tanani fazoda tezlanishi shunchalik qisqa vaqt
ichida tez vujudga keladi. Lekin tezlik birdaniga oshmaydi.
Buning uchun kuch anchagina vaqt ichida ta’sir etib turishi
zarur. Maksimal tezlik olish uchun esa uzoqroq masofa lozim
va katta kuch bilan ta’sir etish foydalidir. Oyoqning to‘pga
tegadigan ustki qismini qanchalik orqaga cho‘zib to‘p
oralig‘idagi masofa uzaytirilib oyoq kaftining to‘pga tegish
tezligi oshirilsa, to‘pning zarbi kuchayadi. Yo‘lning
chegaralanishi tezlikni kuchayishini susaytiradi.
Kuchning ta’sir etish vaqti qanchalik oz bo‘lsa, harakat
tezligi shuncha yuqori bo‘ladi. Gavda qiya chiziq bo‘ylab
tezlik oladigan bo‘lsa shuncha ko‘p ta’sir kuchi kerak bo‘ladi.
To‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakat tezligi uchun qiya chiziq