- 108 - kuchini namoyon qila oladigan chegara tushuniladi.
Nisbiysi esa absolyut kuchning shaxsiy vazniga (tana og‘irligiga)
nisbati bilan o‘lchanadi. Vazni turli xil, lekin bir xil darajada
shug‘ullanganlikka ega bo‘lganlarda absolyut kuch tana
vaznining oshishi orqali ortadi, nisbiy kuch kamayadi. Buni
shunday tushunish lozimki, tana vaznini qo‘shilishi bilan
uning og‘irligi muskul kuchiga nisbatan ortib ketadi.
Qator sport turlarida (masalan, uloqtirishda) yutuq
absolyut kuch hisobigagina qo‘lga kiritiladi. Qaysiki tana
vazni chegaralanadigan, vazn hisobiga olinadigan turlarda
yoki tananing ko‘p marotalab o‘rni almashtirilib turiladigan
sport turlarida (masalan, gimnastikada) yutuq nisbiy kuch
bilan qo‘lga kiritiladi. Kuchning namoyon bo‘lishi harakatning
biomexanik sharoitiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan: yelka
suyagining
va
boshqa
gavda
richagining
uzunligi,
muskullarning
fiziologik-yo‘g‘on
yoki
ingichgaligi,
cho‘ziluvchanligi, chayir yoki mo‘rtligi va h.k. larida e’tiborga
olinadi.
Kuchni rivojlantirish metodikasi va vositalari. Kuchni
rivojlantirish uchun yuqori qarshilik bilan bajariladigan
mashqlardan foydalaniladi. Ular ikki guruhdan iborat:
1.
Tashqi qarshilik bilan bajariladigan mashqlar. Qarshilik
sifatida jismlar vazni (girlar, toshlar, shtanga va boshqalar),
raqibining qarshiligidan, o‘ziga o‘zining qarshiligi, boshqa
jismlar qarshiligiga (prujinali espanderlar, rezinali bint,
maxsus moslama stanoklar) tashqi muhit qarshiligi (qumli
yo‘lkada, qalin qorda yugurish va boshqalar)dan foydalaniladi.
2. Individning o‘z tanasi og‘irligini yengish bilan
bajariladigan mashqlar (tayanib yotib qo‘llarni tirsakdan