- 100 - va uni tarbiyalaydigan eng yaxshi vositadir.
Egiluvchanlik va uni rivojlantirish usuliyoti. Egiluvchanlik
– jismoniy fazilat bo‘lib, harakat tayanch
apparatlarining morfofunksional xususiyatlari demakdir. Bu
xususiyatlar shu apparat zvenolarining harakatchanligi, uning
maksimal
amplitudasi
(og‘ishi,
egilishi,
buklanishi,
cho‘zilishi, qayishqoqligi, buralishi va hokazolar) bilan
o‘lchanadi. Egiluvchanlik
faol, faol bo‘lishi mumkin. Muskul
kuchi evaziga bo‘ladigan egiluvchanlik faol; tashqi qarshilikni
inertsiya yoki og‘irligi evaziga tashqi ta’sir kuchi va hokazolar
hisobiga
namoyon
qilinadigan
egiluvchanlik
passiv
egiluvchanlik deyiladi.
Emotsionallik ko‘tarinki
kayfiyat
va
boshqalar
egiluvchanlikning namoyon bo‘lishiga ijobiy yoki salbiy ta’sir
ko‘rsatishi
amaliyotda
isbotlangan.
Egiluvchanlik
chegaralanadi
unda
cho‘ziladigan
muskullarning
qo‘zg‘aluvchanligi muhim a hamiyatga ega. Chunki uning
tabiatida cho‘zilayotgan muskullarni himoyalash, saqlash
xususiyati
mavjud.
Cho‘zilayotgan
muskullarning
egiluvchanligi ortishi bilan ularning qo‘zg‘aluvchanlik holati
yuqori
darajaga
ko‘tariladi.
Bunda
cho‘ziluvchan
muskullarning
faoliyati
ma’lum
darajada
pasayadi.
Egiluvchanlikni
namoyon
bo‘lishi
tashqi
muhit
temperaturasiga ham bog‘liq. Temperaturaning ortishi bilan
egiluvchanlik ortib boradi. Erta tongdan tungacha bo‘lgan
vaqt, boshqa jismoniy sifatlarga qaraganda, egiluvchanlikka
ko‘p ta’sir qiladi. Masalan, ertalab egiluvchanlik ancha
kamaygan bo‘ladi. Mashg‘ulot vaqtida egiluvchanlik turli
sharoitlar (harorat, kunning vaqti) ta’sirida o‘zgarishini