- 157 - takomillashtiradi. Harakat faoliyati sifatida harakatli o‘yin
muayyan o‘ziga xos xususiyatlarga ega: u boladan signal va
o‘yinda to‘satdan bo‘ladigan o‘zgarishlarga tezda javob
berishni talab qiladi. Deyarli har bir harakatli o‘yinda
harakatlar va bolalar harakatiga oid signallar mavjud. Masalan
«chumchuqlar va avtomobil», «samolyotlar».
O‘yindagi faol harakat faoliyati bola qo‘zg‘alish va
tormozlanish jarayonlarini takomillashtirgan holda asab
tizimini mashq qildiradi, kuzatuvchanlik, topqirlik, atrof-
muxitda mo‘ljal olish qobiliyatini, botirlik, chaqqonlik
tashabbus ko‘rsatish, maqsadga erishishning mustaqil usulini
tanlashni tarbiyalaydi.
Harakatli o‘yinlarning kelib chiqishi. Harakatli
o‘yinlarning kelib chiqishi xalq pedagogikasiga borib taqaladi.
O‘yinlarning kelib chiqishi va tarixi haqidagi ma’lumotlar
bizgacha XI asrning buyuk tilshunos, tarixchi, etnografi
Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» kitobi orqali
yetib
kelgandir.
Asarda
o‘zbek
harakatli
o‘yinlarini
boshlashdan oldin amalga oshiriladigan chaqirish, to‘planish,
o‘yin boshi, chek tashlash kabi o‘yin shakllaridan namunalar
keltirilgan. Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma»
asarida
ham
sport
o‘yinlaridan
qilichbozlik,
kurash,
ko‘pkariga alohida e’tibor berilib, ularni yoshlarni jismonan
baqquvat bo‘lishlariga katta ta’sir ko‘rsatishi ko‘rsatib
o‘tilgan. Ilk yoshli bolalar oilalarda bolaning dastlabki
harakati bilan bog‘liq ovunmachoqlar, ermak o‘yinlar
yordamida tarbiyalanganlar. Undan kattaroq yoshdagi bolalar
hayotida rang-barang harakat mazmuniga ega bulgan (o‘z
ichiga bolalarni rom qiluvchi o‘yin boshlanmalari, xirgoyilari,