- 159 - kitobda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar yoshiga mos
keladigan harakatli o‘yinlarni mazmuni va uni o‘tkazish
metodikasi aniq yoritib berilgan. Harakatli o‘yinlar bolalarni
har tomonlama tarbiyalashda muhim a hamiyatga egadir.
O‘yin
faoliyati
qaysi
shaklda
ifodalanmasin
bolani
quvontiradi, ularda ijobiy hislarni uyg‘otadi. Harakatli o‘yinlar
bola dunyoqarashini kengaytiradi, atrof-muhitni bilishida
o‘ziga xos vosita hisoblanadi. Harakatli o‘yinlardagi qoidalar
o‘yinning borishini belgilaydi, bolalar harakat faoliyatini,
o‘zaro munosabatlarini yo‘lga soladi, axloqiy-irodaviy
sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Har bir bolaning o‘yin
qoidasini anglashi va unga rioya qilishda kattalarning
rahbarligi katta a hamiyatga egadir. O‘yinlar orqali bolalarda
halollik, adolatlilik, do‘stlik, botirlik, o‘zini tuta bilish,
qat’iyatlik kabi axloqiy sifatlar tarbiyalanadi.
O‘yin
faoliyatida diqqatni, idrokni rivojlantirish, tafakkur, tushuncha
va mo‘ljal olishni aniqlashtirish uchun qulay sharoit yaratiladi;
uyinlar ijodiy hayol, xotira, topqirlik, fikr yuritish faolligini
rivojlantirishga yordam beradi. Shunday qilib harakatli
o‘yinlar bolaning aqliy rivojlanishiga yordam beradi. Bola
o‘yin faoliyati tufayli fazo va buyum voqeligini amalda
o‘zlashtiradi, shu bilan birga fazoni idrok etish mexanizmini
o‘zi ham juda takomillashadi. Masalan, bola tomonidan
harakat yo‘nalishini mustaqil tanlash va harakatini o‘yin
qoidasida qat’iy belgilangan yo‘nalishda bajarishi bir
tomondan o‘yin vaziyatini (bevosita idrok qilinadigan) va
ko‘rish-motor reaksiyasini (o‘yin harakatlarini) darxol
baholashni, ikkinchi tomondan o‘z harakatlarini fazo-o‘yin
muhitida anglash va tasavvur qilishni talab yetadi. Harakatli