-
162
-
tarbiyalaydi. Bolalar bog‘chalarining katta va maktabgacha
tayyorlov guruhlarida sport o‘yinlarini o‘tkazish mumkindir.
Ularda bolalar musobaqasi, o‘yin estafetasi elementlari
mavjud. Sport uyinlari xarakatli o‘yinlarni uyushgan holda
o‘ynaydigan va harakatli o‘yinni
mustaqil tashkil yetadigan
bo‘lganda asta-sekin joriy etiladi. Sport o‘yinlari harakatli
o‘yinlardagidan ko‘proq o‘zini tuta bilishini, uyushqoqlikni,
kuzatuvchanlik muayyan harakat texnikasini,
harakatining
tezkor reaksiyasini egallashni talab qiladi. Agar harakatli
o‘yinlarda bolalar ijodiy tashabbus ko‘rsatgan xolda turli
harakatlardan foydalansalar, sport o‘yinlarida harakatlarni bir
qadar
chegaralanganligi kuzatiladi, bu mazkur o‘yinning
o‘ziga xos xususiyati va xarakat faoliyati texnikasining
aniqligi bilan belgilanadi. Sport o‘yinlarida qatnashuvchilar
soni aniq belgilangan, ularning vazifalari taqsimlangan, o‘yin
muddati vaqti chegaralangan bo‘ladi. O‘yinlarni o‘tkazish
shartlari
maxsus
tayyorlangan
joyni,
belgilangan
maydonchani, tegishli jihoz va inventarlarni talab qiladi.
Bolalarning sport o‘yinlarini (basketbol, voleybol, tennis)
o‘ynashi uchun ular to‘pni erkin egallash ko‘nikmasiga ega
bo‘lishlari muhimdir. To‘p bilan harakat qilish, tutib olish,
fazoda to‘g‘ri mo‘ljal olish kabi zarur malakalarni
rivojlantiradi.
Harakatli o‘yinlarni har bir yosh guruh uchun tanlashda
ularni murakkablashib borishini hisobga olishi lozim.
Harakatli o‘yinlar bolalarda mushak zo‘riqishi: kuchli,
o‘rtacha, sust xarakatchanlik darajasiga qarab bo‘linadi.
Harakatli o‘yin turlari o‘z
ichiga asosiy, saflanish va
umumrivojlantiruvchi mashqlarni oladi.