-
164
-
tarbiyachi uni egallagan bo‘lishi va bolalarga rahbarlik qilish
usullarini to‘xtovsiz takomillashtirib borishi kerak.
Harakatli
o‘yinlarni tanlash va rejalashtirish dasturga muvofiq amalga
oshiriladi. Bunga har bir yosh guruhning ish sharoiti hisobga
olinadi, chunonchi bolalarni jismoniy va aqliy rivojlanishining
umumiy darajasi harakat ko‘nikmalarining rivojlanishi, har bir
bola sog‘lig‘ining ahvoli, o‘ziga xos xususiyatlar, yil fasli, kun
tartibi, uyini o‘tkazish o‘rni, shuningdek bolalar qiziqishlarini
o‘ziga xos xususiyatlari . Harakatli o‘yinlar dastur talablariga
muvofiq asta-sekin
murakkablashtirib boriladi, bolalar ongini
o‘sishi, ular to‘plagan harakat tajribasini, maktabga tayyorlash
zaruriyatini hisobga olgan holda o‘zgartirib turiladi. Kichik
guruhda mazmuni va qoidasiga ko‘ra sodda bo‘lgan mazmunli
va mazmunsiz harakatli o‘yinlar tashkil etiladi. Bu o‘yinlarda
barcha bolalar bir xil rol yoki harakat topshirig‘ini
tarbiyachining bevosita ishtirokida (barcha bolalar –
qushchalar, tarbiyachi – ona qush bo‘ladi…) bajaradilar. 3
yoshli bolalar asta-sekin yakka holda rollarni bajarishga
o‘rgatib boriladi (barcha bolalar qushlar, bitta yoki ikkita bola
avtomobil bo‘ladi). O‘rta
guruhda eng oddiy musobaqa
usulidagi o‘yinlarni yakka tarzda ham, jamoa tarzda ham
o‘tkazish mumkin. Katta guruhda bolalar uchun harakatli
o‘yinlar o‘z mazmuni,
qoidalari, rollarning miqdori,
topshiriqni
jamoa
musobaqasiga
joriy
etishga
ko‘ra
murakkablashtiriladi. Maktabga tayyorlov guruhi bolalari
birmuncha murakkab harakatli o‘yinlar, shuningdek jamoa
musobaqalaridan iborat komanda o‘yinlarni, o‘yin
estafetasi,
sport o‘yinlarini o‘ynaydilar. Bularning hammasi chaqqonlik,
tezkorlik, chidamlilikni rivojlanishi, harakat ko‘nikmalarining