-
11
-
Shuning uchun Zardushtiylar va ularning muqaddas kitobi
“Avesto” hamda pandnomalarda zikr etilgan ta’lim tizimidagi
ta’limiy-axloqiy fikr va qarashlarni o‘rganish, undagi
hayotbaxsh g‘oyalardan bugungi ta’lim
tizimida foydalanish
muhimdir. Zardushtiylar ta’limotining ma’naviy-axloqiy
mohiyatini shaxs tarbiyasi, uning har tomonlama barkamolligi
g‘oyasini tasavvur etib bo‘lmaydi.
Ustozlar ta’limini olgan va tegishli malakalarga ega
bo‘lgan qizlar 15, o‘g‘il bolalar esa 17 yoshida “lagomzadan”
va “zin zadan” imtihonidan o‘tgan. Natijada ular balog‘at
yoshiga yetgan, ro‘zg‘or yuritishni o‘rganib, “kadbonu”(uy
bekasi), “kad xudo” (uy xojasi, oila boshlig‘i) bo‘lish, cho‘pon
cho‘lig‘ini olib, ot surib, tuya minib yurish huquqini qo‘lga
kiritishgan. Alohida iqtidorli
yigitlar esa chavandozlikka
maxsus tayyorlangan, harbiy mashqlarda ishtirok etgan.
Hunarmandchilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan
qavmlarda esa xususiy ta’limning yakuni sifatida yigitlar
“kamarbastan” rasmidan o‘tishgan. Bu rasmni o‘tkazishda
qavm boshliqlari, oqsoqollar hamda
ustozlar guruhi har bir
yigitni ota kasbidan tashqari harbiy bilimlar, chavandozlik,
kurash tushish bo‘yicha imtihon qilganlar.
Bu shuni
ko‘rsatadiki, xususiy ta’limda nafaqat ma’lum bir kasbiy
faoliyatini egallash bosqichlari o‘rgatilgan, balki vatanni
himoyalashga qodir shaxslarni tarbiyalashga ham e’tibor
qaratilgan.
“Avesto”da 50 dan ziyod harbiy qurollar, jumladan, ulkan
toshlarni otadigan palaxmon, manjaniq, sovut va uning ostidan
kiyiladigan misdan to‘qilgan yupqa kamzullar tilga olingan.
Shuningdek “Avesto”da yer usti va yer osti shaharlar qurilishi,