Microsoft Word Bobojonova Risolat 919923238


Homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqa



Yüklə 430,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/21
tarix13.12.2023
ölçüsü430,95 Kb.
#175687
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
mehnat va unga haq tolashning hisobini tashkil etish va yuritish

Homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqa 
Homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqani tayinlash va to’lash uchun 
belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos bo’ladi. 


Homiladorlik va tug’ish bo’yicha berilgan vaqtincha mehnatga layokatsizlik 
varakasi yo’qolgan hollarda nafaqa uning o’rniga takroriy berilgan vaqtincha mehnatga 
layokatsizlik varakasi (dublikat) asosida beriladi. Homiladorlik va tug’ish bo’yicha 
nafaqa (shu jumladan, homila tushgan hollarda) vaqtincha mehnatga layokatsizlik 
varaqasida ko’rsatilgan barcha davr uchun to’lanadi.Xodim ishdan bo’shatilishining 
noto’g’riligi haqida nizo ketayotgan davrda homiladorlik va tug’ish bo’yicha ta’til 
berilganda, nafaqa u ishga qayta tiklangan taqdirda beriladi. Bunda homiladorlik va 
tug’ish bo’yicha nafaqa ayolni ishga qayta tiklash to’g’risida qaror chiqqandan 
so’ng, nafaqa to’lanmagan barcha mehnatga qobiliyatsizlik kunlar uchun to’lanadi. Oliy, 
o’rta maxsus, kasb-xunar ta’lim muassasalarini, magistratura, aspirantura, klinik 
ordinatura, doktoranturani tamomlagan va belgilangan tartibda ishga yuborilgan ayollarga 
ishni boshlagunga kadar homiladorlik va tug’ish bo’yicha berilgan mehnatga layoqatsizlik 
varaqasi asosida nafaqa ayol ishga kelishi lozim bo’lgan kundan boshlab beriladi. 
Ish haqi to’lash to’xtalib, ishdan (lavozimdan) chetlashtirish oqibatida ayol ishlamagan 
davrda homiladorlik va tug’ish bo’yicha ta’til uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi
berilgan holda nafaqa to’lanmaydi. Agar homiladorlik va tug’ish bo’yicha ta’til 
ishga qo’yilgandan keyin ham davom etadigan bo’lsa, nafaqa u ishga chiqishi lozim 
bo’lgan kundan boshlab beriladi. Vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlilik
homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqalarni hisoblash tartibi. Vaqtinchalik 
mehnatga qobiliyatsizlilik, homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqalar barcha hollarda 
xodimning haqikiy ish haqidan hisoblab chiqariladi. Nafaqalarni hisoblashda asos qilib 
olinadigan haqiqiy ish haqiga ish joyidan, sug’urta badallari undirilib to’lanadigan jami 
ish haqi to’lovlari kiradi. 
Sug’urta badali hisoblanmaydigan ish haqi turlari Vazirlar Maxkamasining 1994 yil 11 
maydagi 249-sonli karori bilan tasdiqlangan Sug’urta badallari kushilmaydigan va pensiyani 
hisob-lab chiqishda hisobga olinmaydigan ish haqiga qo’shiladi. Vaqtincha mehnatga 
qobiliyatsizlik yoki homiladorlik ta’tili boshlangan oydan oldingi 12 oy davrida olgan va 
sug’urta badallari berilgan barcha mukofotlarning 1/12 qismi nafaqa hisoblab 
chiqariladigan oylik ish haqiga qushilib, o’rtacha oylik ish haqi miqdori aniqlanadi. 
Xodim vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizligi sababli to’la ishlamagan, homiladorlik 
va tug’ish, bola uch yoshga tulgunga qadar bolaga qarash ta’tilida bo’lgan, harbiy o’quv 
yoki sinov yiginlarda yoki boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektda ishlash uchun 
yuborilgan oylar mukofot summasi bo’linadigan oylardan chiqarib tashlanadi. Agar 
hisoblash uchun oydan kam bo’lgan davr olinsa, har bir oyda chorak mukofotining uchdan 
bir qismi hisobga olinadi. 
Xodim bo’lmagan mansab maoshini olgan holatlarda, nafaqa maoshning haqikatda 
olinadigan qismi asosida hisoblanadi. 
Nafaqani hisoblab chiqarish uchun o’rtacha kunlik ish haqi mazkur bandda ko’rsatilgan
ish haqi summasini vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik ruy bergan oydagi barcha ish 
kunlariga (jadval bo’yicha) bo’lish yuli bilan aniqlanadi. (Eslatma: Ushbu va keyingi 
barcha hollarda ish vaqti soatlari normasi doirasida tuzilgan ish jadvali nazarda to’tiladi). 
Nafaqaning umumiy summasi kunlik nafaqani ushbu oyda vaqtincha mehnatga 
qobiliyatsizlik (homiladorlik va tug’ish ta’tili) tufayli ishga kelmagan ish kunlari 
soniga kupaytirish yuli bilan aniqlanadi. Shirkat xo’jaligi a’zolariga, shu jumladan 
mexanizatorlar va mutaxassislarga nafaqa umumiy asoslarda hisoblab chiqariladi. Agar 
shirkat xo’jaligida keyinchalik hisob-kitob qilinadigan (davrlar bo’yicha, yil oxirida) 
avansli xak to’lash amalga oshirilsa, nafaqa vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik 


(homiladorlik va tug’ish ta’tili) boshlangan kungacha olingan avansdan hisoblab 
chiqariladi va yakuniy hisob-kitoblar amalga oshirilgan-dan keyin qayta hisoblanadi. 
Mehnatga xak to’lash bilan berilmasdan, mehnat kunlari yozilsa va vaqtincha mehnatga 
qobiliyatsizlik (homiladorlik va tug’ish ta’tili) mehnat kunlari uchun haq 
to’lanadigan kungacha boshlangan bo’lsa, nafaqa eng kam ish haqidan to’lanadi va 
keyinchalik qayta hisoblanadi. Ushbu koida homiladorlik va tug’ish nafaqasini hisoblab 
chiqarishda qo’llanilmaydi. Qo’shimcha dam olish kuni uchun nafaqa Nogiron bolasini 
tarbilayotgan ishlovchi ota-onaning biriga (vasiyga, xomiyga) bola o’n olti yoshga 
to’lgunga kadar davlat ijtimoiy sug’urtasi va mablag’lari hisobidan bir kunlik ish haqi 
miqdoridan haq to’langan holda oyga kushimcha bir dam olish kuni beriladi. 

Yüklə 430,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin