- zahiradan ishchilarga mehnat ta’tili bo’yicha haq to’lashni, kredit bo’yicha oborot
esa - korxona xarajatlariga kiritish hisobiga har oyda yaratiladigan zahira summasini
tavsiflaydi.
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobiga zahira tashkil
etilganida buxgalteriyada
quyidagicha yozuv qilinadi:
D-t Ishlab chiqarish xarajatlari hisobvaraqlari
K-t 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari rezervi».
Ishchilarga mehnat ta’tili vaqtida ish haqi hisoblanganida quyidagicha provodka
beriladi:
D-t 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari rezervi»
K-t 6710-«Хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar».
Misol. № 173 qarorga muvofiq xodim Karimov Iskandarga mart oyida 24 kun
muddatga ta’til berildi.
Хodimning shaxsiy varaqasida quyidagi ma’lumotlar mavjud:
-
2002 yil 1 yanvarida xodimning oylik maoshi 40000 so’m qilib belgilangan.
2001 yilda xodimning oyligi 35000 so’mni tashkil etgan;
-
shu muddat davomida olgan mukofot summasi 120000 so’mni tashkil etgan;
-
xodimga 25000 so’m moddiy yordam berilgan;
-
dam olish va bayram kunlarida ishlaganlik uchun 40000 so’m qo’shimcha haq
olgan;
-
yil oxirida aksiya bo’yicha 175000 so’m dividend olgan;
-
kasallik varaqasi bo’yicha 20900 so’m ish haqi olgan.
Korxona xodimi Karimov Iskandarga 24 ish kuni uchun ta’til haqi hisoblaymiz:
1)
mehnat ta’tili bo’yicha haq hisoblash uchun yil bo’yicha
jami olgan ish haqisini
hisoblaymiz:
(35000*9)+(40000*2)=315000+80000=395000 so’m.
120000 so’m mukofot, 40000 so’m qo’shimcha haq va 20900 so’m kasallik varaqasi
bo’yicha haq. Jami 575900 so’m (395000+120000+40000+20900).
2)
O’rtacha oylik ish haqi 47992 so’m (575900/12).
3)
Kunlik ish haqi 1889 so’m 50 tiyin (47992/25,4).
Demak, ta’til haqi 45348 so’m (1889,5*24).
Mehnat ta’tiliga haq hisoblanganida hisobda quyidagicha provodka beriladi:
D-t 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari rezervi»- 45348 so’m
K-t 6710-«Хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar»- 45348 so’m.
Korxona ishchi va boshqa xodimlari kasal bo’lib qolganida ularga kasallik
varaqasi bo’yicha haq to’lanishi lozim. Davolash (tibbiy)
muassasa tomonidan
berilgan mehnat qobiliyatini yo’qotish to’g’risida varaqa-byulleten nafaqa hisoblash
uchun asos bo’ladi. Nafaqa miqdori kasal bo’lishidan ilgari ishlagan oyning o’rtacha
ish haqi, kasallik davom etishi va mehnat stajiga bog’liq. Ish staji 5
yilgacha
bo’lganda ish haqining - 60 foizi, 5 yildan 8 yilgacha - 80 foizi, 8 yildan ortiq bo’lsa -
100 foizi hisoblanadi.
Ish stajidan qat’iy nazar, ish haqining 100 foizi hajmida nafaqalar homiladorlik
va tug’ish bo’yicha, ishlab chiqarish jarohati va kasb kasalligi bo’yicha, 18
yoshgacha 3 bolasi bor bo’lgan ishchilarga va urush nogironlariga to’lanadi.
Ish haqi summasiga ijtimoiy sug’urta ajratmalari
hisoblanadigan barcha ish haqi,
qo’shimcha haq va to’lovlar (bir martalik beriladigan mukofotlardan tashqari)
kiritiladi.
Misol. Ishchi 2001 yil oktabr oyida 5 kun kasal bo’lgan. Bu to’g’rida tibbiyot
muassasidan berilgan mehnat qobiliyatini yo’qotish to’g’risidagi
varaqa va tabelda
yozuvlar bor. Uzluksiz ish staji-7 yil.
Uning avvalgi oydagi ish haqisi quyidagicha bo’lgan:
-
Ishbay -15000 so’m;
-
Vaqtbay - 2000 so’m;
-
Oldingi yilning o’rtacha oylik mukofot summasi - 1300 so’m.
Mehnat qobiliyatini yo’qotganlik nafaqasini hisoblash uchun o’rtacha oylik haq
18300 so’m (15000+2000+1300). Oktabr oyida 22 ish kuni mavjud. O’rtacha kunlik
ish haqi 831,8 so’m (18300/22)ni tashkil qiladi. Ish staji va kasal bo’lgan
kunlarni
hisobga olgan holda nafaqa 3327,2 so’m (831,8*5*0,8)ni tashkil etadi.
Ushbu muomalaga hisobda quyidagicha provodka beriladi:
D-t 6520-«Davlat maqsadli fondlariga to’lovlar»-3327,2 so’m
K-t 6710-«Хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar»- 3327,2 so’m.
Dostları ilə paylaş: