ham ko`rsatiladi. CHunki ushbu ma’lumot mehnat sarflarini, mahsulot va ishning
tannarxini tegishli moddalari bo`yicha hisoblash imkoniyatini yaratadi va mehnat
unumdorligini hisoblashga asos bo`ladi.
T-13 shaklida esa ushbu ko`rsatkichlar har bir bo`lim, tarmoq yoki ishning turi
bo`yicha (mehnat haqi summasidan tashqari) qayd qilib boriladi.
Ushbu xujjatlarning ma’lumotlariga asoslangan holda quyidagi xujjatlar to`lg’aziladi:
“Hisoblashish-to`lov qaydnomasi” - T-49 shakli. Bu xujjatda har bir xodim
bo`yicha kodlari ko`rsatilgan holda tegishli oyda hisoblangan mehnat haqi summasi
ishlagan joyi ko`rsatilgan holda qayd qilinadi va ushbu mehnat haqi summasidan
qonun xujjatlariga muvofiq chegirib qolingan summalar chegirtmalarning turlari
bo`yicha ko`rsatilib, oxirgi usunda xodimga beriladigan summa ko`rsatiladi va ushbu
summaga asosan to`lov qaydnomasi tuzilib, kassaga belgilangan tartibda beriladi;
«Hisoblash qaydnomasi» T-51 shaklida ham asosan ushbu ma’lumotlar tegishli
oyda har bir xodim bo`yicha qayd qilib boriladi. Ayrim hollarda T-49 shaklining
o`rniga qo`llaniladi.
«SHaxsiy schyoti» T-51 shakli. Ushbu shakl maxsus kitobda yoki varaqda
(kartochkada) har bir xodim bo`yicha alohida yuritiladi. Unga ma’lumotlar T-49 yoki
T-51 shakllaridan olinadi. Bu schyotdagi ma’lumotlar har oyda o`sish yo’nalishi
bo`yicha qayd qilib boriladiki, xodim ta’tilga chiqqanda yoki mukofot va nafaqa
hisoblaganda o`rtacha hisoblangan mehnat haqini aniqlash uchun zarur bo`ladi.
Ushbu shakl ikki qismdan tashkil topgan bo`lib, uning chap tomoni (1-qismi)da
mehnat haqi yoki boshqa hisoblangan summalar tegishli usunlarda (ishlagan vaqti,
bekor turishi, mukofot, nafaqa va hokazo) qayd qilinadi va o`ng tomoni (2-qismi)da
ushbu hisoblangan summalardan chegiriladigan summalar, daromad solig’i,
jamg’armalarga ajratilgan summalar aks ettirilib, oxirgi usunda xodimning olgan
summasi ko`rsatiladi. har yilning oxirida ushbu shaxsiy schyot buxgalteriyaning
arxiviga va ma’lum muddatdan keyin markaziy arxivga topshiriladi.
Doimiy, vaqtincha yoki mavsumiy ishga qabul qilingan rahbar xodimlar va
mutaxasislar bo`yicha maxsus varoqlar (kartochkalar) va mutaxasislarni hisobga olish
varog’i kadrlar bo`limi tomonidan to`lg’aziladi.
Ish yoki xizmatga qabul qilingan har bir xodimga maxsus tabel nomeri
biriktiriladiki, ushbu nomer shaxsiy tarkibni hisobga oluvchi xujjatlarda, bajargan
ishlarni tasdiqlovchi va mehnatga haq to`lash xujjatlariga qo`yib boriladi, chunki bu
nomer hisobni kompyuterlashtirishda kod vazifasini ham bajaradi. Ushbu xodim
boshqa ishga o`tkazilganda yoki safdan chiqarilganda unga biriktirilgan nomer bir-
ikki yil davomida boshqa xodimga biriktirilmaydi. Yuqorida qayd qilingan daslabki
xujjatga asosan (chunki buyruqning bir nusxasi buxgalteriyaga beriladi)
buxgalteriyada ushbu xodimga ma’lumotnoma yoki shaxsiy schyot ochilib, unda har
oyda hisoblangan mehnat haqi yig’ilib boriladi, chunki uning ta’tilga chiqishida yoki
boshqa zarur holatlarda hisoblangan mehnat haqini tekshirish, o`rtacha oylik yoki
kunlik mehnat haqlarini aniqlash uchun ushbu ma’lumotlar zarur hisoblanadi.
Ish vaqtidan foydalanishni hisobga olishda «Ish vaqtidan foydalanishni hisobga olish
tabeli», «Yillik tabel varoqlari» va shunga o`xshash daslabki xujjatlardan
foydalaniladi. Ushbu tabellar va varoqlar sub’ektlar kichik bo`lsa, mazkur sub’ekt
bo`yicha, agarda katta bo`lsa, ularning bo`linmalari yoki xodimlarning guruhlari
bo`yicha ochilib yuritiladi
Dostları ilə paylaş: