Xo’jalik yurituvchi sub’ekt shaxsiy tarkibining asosiy qismini ro’yxatdagi shaxsiy
tarkib tashkil qilib, unga doimiy va vaqtinchalik ishga besh yildan kam bo’lmagan davrga
qabul qilingan va mehnat daftarchalari ochiladigan xodimlar hamda xo’jalik
yurituvchi sub’ekt asosiy faoliyati bo’yicha bir yildan kam bo’lmagan muddatga
vaqtinchalik ishga qabul qilingan va mehnat daftarchalari ochilmaydigan xodimlar kiradi.
Ro’yxatdan tashqari shaxsiy tarkib xodimlari xo’jalik yurituvchi sub’ektga, odatda,
uning asosiy faoliyati bilan bog’lik bo’lmagan
vaqtinchalik, mavsumli ishlarni
va topshiriqlarni bajarish uchun taklif qilingan bo’lib, ular ushbu xo’jalik yurituvchi
sub’ekt shtatiga kirmaydi va ularga kadrlar bo’limida mehnat daftarchasi
yuritilmaydi. Ba’zi paytlarda ro’yhatdan tashqari shaxsiy tarkibga tegishli ish haqi
fondlari hisobidan ro’yhatdagi shaxsiy tarkibga qarashli ishchi va xizmatchilar
tomonidan bajarilgan ishlarga haq to’lash mumkin. Lekin bunday ishlar ularning
o’z ish vazifalari bilan bog’liq bo’lmasligi kerak.
Sanoat ishlab chiqarishida ishlaydigan xodimlarga sanoat mahsulotini ishlab
chiqarishda bevosita yoki bilvosita qatnashuvchi xodimlar kiradi. Bu xodimlar
quyidagi guruhlardan iborat:
1. asosiy ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlar;
2. xizmat qiluvchi va yordamchi ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlar hamda asosiy
ishlab chiqarish tsexlaridagi asbob-uskunalarni sozlash va tuzatish
ishlarini bajaruvchi
ishchilar;
3. ko’makchi tsexlarda ishlaydigan ishchilar;
4. xo’jalik yurituvchi sub’ektga qarashli tajribahonalar, ilmiy tekshirish
muasasalarida ishlaydigan xodimlar;
5. zavod boshqarmasining xodimlari hamda xo’jalik yurituvchi sub’ekt ishlab
chiqarish faoliyatiga xizmat qiladigan konstruktorlik byurosi va shu kabilarning
xodimlari;
6. xo’jalik yurituvchi sub’ektdagi barcha qorovulchilik xodimlari.
Sanoatga taalluqsiz xodimlarga uy-joy va kommunal xo’jalik xodimlari, ko’makchi
qishloq xo’jalik yurituvchi sub’ektlari, bolalar bogchasi, o’quv
yurtlari va kurslari,
tibbiy va madaniy-maishiy muassasalarning xodimlari hamda imorat va inshootni kapital
tuzatish ishlari bilan band bo’lgan xodimlar kiradi. Sanoat ishlab chiqarishida band
bo’lgan xodimlar xo’jalikda qanday vazifalarni bajarayotganliklariga qarab olti
guruhga bo’linadi:
a) ishchilar;
b) muhandis-texnik xodimlar;
v) xizmatchilar;
g) kichik xizmatchi xodimlar;
d) o’quvchilar;
e) qorovul va o’t o’chiruvchi xodimlar.
1. Ishchilarga mahsulot ishlab chiqarishda bevosita qatnashuvchi va ishlab chiqarishni
normal olib borishni tashkil qiluvchi shaxslar kiradi. Ishchilar mahsulot ishlab
chiqarishda qatnashishlariga qarab asosiy ishlab chiqaruvchi va yordamchi ishlab
chiqaruvchi ishchilarga bo’linadi. Asosiy ishlab chiqaruvchi ishchilar deb ushbu xo’jalik
yurituvchi sub’ektda ishlab chiqarilayotgan mahsulotni yaratishda bevosita qatnashuvchi
ishchilarga aytiladi. Yordamchi ishlab chiqaruvchi ishchilarga ish joylari uchun ishlab
chiqarish xizmatlarini
bajaruvchi ishchilar, ya’ni mehnat vositalari va ishlab chiqarish
binolarini joriy tartibda tuzatib, tozalab turish, mahsulotni ortish, tushirish bilan band
bo’lgan ishchilar kiradi.
2. Muhandis-texnik xodimlarga xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati ustidan
texnikaviy ishlab chiqarish va iqtisodiy jihatdan rahbarlik qiluvchi xodimlar kiradi.
3. Xizmatchilarga xo’jalik yurituvchi sub’ektlardagi
idora ishlarini va ayrim
ma’muriy-xo’jalik ishlarini bajaruvchi xodimlar kiradi.
4. Kichik xizmatchi xodimlarga ishlab chiqarishga taalluqli bo’lmagan binolarni,
hovlilarni tozalovchi shaxslar, xat tashuvchilar kiradi.
5. O’quvchilar xo’jalik yurituvchi sub’ekt ishlab chiqarish jarayonini yakka-yakka
yoki brigada usuli bilan o’rganayotgan shaxslar dir.
6. Qorovul va o’t o’chiruvchi xodimlarga xarbiylashtirilgan, qurollangan, shaxtyorlik
va o’t o’chirishda xizmat qiladigan ishchilar kiradi.
Sanoat ishlab chiqarishida
ishlaydigan xodimlar kasblari, malakalari va ish stajlari bo’yicha ham guruxlanadi.
Kasblari bo’yicha xodimlar tokarlar, frezerchvlar, slesarlar, montyorlar, muxandislar,
texnologlar, buxgalterlar va hokazolarga- bo’linadi.
Malaka deb ishlab chiqarishning ayrim uchastkalaridagi
har xil ishlarni bajarish
borasidagi bo’limlar va qobiliyatlar yig’indisiga aytiladi. Ishchilarning malakasi
ularga berilgan razryadlarga qarab belgilanadi. Ularning malakasi oshgan sari
razryadlari ham oshib boradi. Boshqa xodimlarning malakasi ularning ish stajlariga,
ma’lumotlariga qarab belgilanadi. Ishchi va xizmatchilarga to’lanadigan ish haqi, ular
tomonidan xarajatlangan mehnatlarining miqdori va sifatiga qarab, moddiy va maishiy
ehtiyojlarni qondirish uchun pul shaklida to’lanadigan ijtimoiy
mahsulotlarning bir
qismidir.
Dostları ilə paylaş: