-
soliqlar va ish haqidan ushlanmalar ham qo`shilgan holda korxona xodimlari
bilan mehnatga haq to`lashga doir hisob-kitoblarni o`z vaqtida olib borish;
-hisoblangan ish haqi va sug`urtaga ajratmalar summasini xarajatlar schetlariga
o`z vaqtida va to`g`ri o`tkazish;
-boshqarish va zaruriy hisobotlarni tuzish uchun mehnat va ish haqi bo`yicha
ko`rsatkichlarni tezkor yig`ish va guruhlash.
Mehnat va unga haq to`lash hisobi sarflangan
mehnatning miqdori va sifati,
ushbu yo’nalishdagi mablag’lardan foydalanish, mehnat haqi jamg’armasini
shakllantirish va ijtimoiy xususiyaga ega bo`lgan to`lovlarni amalga oshirish usidan
tezkor nazorat o`rnatishni ta’minlashi lozim. CHunki yuqorida keltirilgan
vazifalarning o`z vaqtida amalga oshirilishi xodimlarning
turmush farovonligini
yaxshilash va iqtisodiy silsilalardan himoya qilishning asosiy omillaridan biridir.
Korxona va tashkilotlarda xodimlar soni ishlab chiqarish dasturi asosida
aniqlanadi. Korxonada xodimlar, eng avvalo, ikki guruhga ajratiladi:
asosiy faoliyatda band bo’lgan xodimlar;
asosiy bo’lmagan faoliyatda band bo’lgan xodimlar.
Asosiy faoliyatda band bo’lgan xodimlar tarkibiga asosiy va yordamchi sexlarning,
yordamchi ishlab chiqarishlarning, zavod laboratoriya va bo’linmalarining,
tozalash
inshootlarining, aloqa uzellarining, axborot-hisoblash markazlarining, barcha turdagi
qo’riqlashning, zavod boshqarmalarining xodimlari kiradi.
Asosiy bo’lmagan faoliyatda band bo’lgan xodimlar toifasiga uy-joy va kommunal
xo’jaligiga xizmat ko’rsatish,
savdodagi, tibbiyot muassasalari hamda maktabgacha
tarbiya muassasalarida band bo’lgan xodimlar kiradi.
Korxonada xodimlar bajaradigan vazifalariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
-
ishchilar;
-
xizmatchilar.
Dostları ilə paylaş: