Microsoft Word Bobojonova Risolat 919923238


V. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



Yüklə 430,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/21
tarix13.12.2023
ölçüsü430,95 Kb.
#175687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
mehnat va unga haq tolashning hisobini tashkil etish va yuritish

V. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 


Kirish . 
 
Mehnat va ish haqini hisobga olishda xo’jalik yurituvchi sub’ektning
shaxsiy tarkibi va turkumlanishi bu borada respublikamizda amalga
oshirilayotgan islohotlar. 
Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning tub negizida aholini
ijtimoiy himoya qilish, qilingan mehnatiga yarasha taqdirlash hamda turmush 
farovonligini oshirish masalasi yotadi. 
Ushbu masalalarni hal etish borasida bugalteriya sohasida ham ijobiy ishlar amalga
oshirilmoqda, xususan inson mehnat qilar ekan uning hisobini to’g’ri tashkil etish va
yuritish, to’lovlarni hamda ajratmalarni o’z vaqtida olib borishni taqozo etadi.
Fuqarolarni mehnat qilishi uchun har qanday sharoitlar yaratilib ularning mehnatga
bo’lgan munosabatini, mulkiy xissiyotini uyg’otishga oid qator tadbirlar 
qilinmoqda. Xususan Prezidentimiz o’zining bir qator qaror va qonunlarida bu 
kabi yuqoridagi masalalarga ijobiy yondashmoqda. Ma’lumki, mashhur besh 
tamoyillaridan biri»bo’lmish ijtimoiy himoya qilish dasturi buning yaqqol asosidir. 
Chunonchi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 24 dekabrdagi 
562-sonli qaroriga muvofiq 1998 yilda ham mehnat sharoitlari o’ta zararli, o’ta og’ir 
bo’lgan ishchilarning daromadlaridan chegirmalar darajasi 25% dan oshmasligi hamda 
noqulay iqlim sharoitida ishlayotganlar daromadiga eng kam soliq stavkasi bo’yicha 
15% miqdorida undirish tartibi ko’rsatib o’tilgan. Ijtimoiy ishlab chiqarishning 
iqtisodiy jihatdan o’sishini ta’minlovchi eng muhim omillaridan biri mehnat 
unumdorligini o’stirishdir. 
Hozirgi paytda xalqimiz oldida turgan mamlakat iktisodiy va ijtimoiy-
siyosiy turmushini barqarorlashtirish tadbirlari, yaqin vaqt ichida iste’mol bozoridagi 
taqchillikni bartaraf qilish borasidagi vazifalarini bajarish uchun, birinchi 
navbatda, mehnat unumdorligini o’stirish talab etiladi. 
Keyingi paytda tarif tizimi va mehnatni muvofiqlashtirish, xo’jalik yurituvchi 
sub’ekt jamoasiga beriladigan mukofotlari ularning mehnat hissalariga qarab belgilash 
borasida muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xodimlarning mehnatiga haq 
to’lash shakllari, tartibi va miqdori hamda daromadlarining boshqa turlari 
xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Bunda xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlar tomonidan bajarilayotgan ishlarning murakkabligi va sharoitga 
qarab tabaqalash uchun davlat tarif stavkalari bo’yicha ish haqi, maoshlaridan mo’ljal 
uchun foydalanishlari mumkin. 1991 yildan boshlab xo’jalik yurituvchi sub’ekt va 
tashkilotlarga ish haqi fondi va moddiy rag’batlantirish fondining miqdorini 
belgilaydigan nomativlar yuqoridan tasdiqlanmaydigan bo’ldi. Mehnatga haq 
to’lash xarajatlarining me’yorlashtiriladigan miqdori xo’jalik yurituvchi sub’ektning 
o’zi tomonidan faqat soliq solinmaydigan foydani 
hisoblab chiqish uchun aniqlanadi. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlarining shaxsiy daromadi, ya’ni mehnatga 
haq to’lash mablag’lari mahsulot tannarxiga kiritiladigan to’lovlar hamda xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt ixtiyorida qoldiriladigan foyda hisobidan beriladigan to’lovlardan 
iborat. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan to’lovlar tarkibiga ishbay ish haqi 
(rastsenkasi), tarif stavkasi, lavozimlik maoshlari (okladlari), rag’batlantirish va tovon 
(kompensatsiya) to’lovlari, ishchi va xizmatchilarni ularning ishlab chiqarish 
faoliyatidagi aniq ko’rsatkichlari uchun belgilangan mukofotlash tartiblariga 
qarab hisoblangan ish haqi hamda amaldagi qonunlarda ko’zda tutilgan to’lovlar 


kiradi. Iste’molga yo’naltiradigan mablag’larni tartibga solish maqsadida soliq 
belgalangan. 
Bunda iste’mol uchun yo’naltiriladigan mablag’lar deb, xo’jalik yurituvchi 
sub’ektdagi barcha xodimlarning mehnat haqi xarajatlari summasi, pul to’lovlari, 
shu jumladan, bir yildagi yil yakunlari bo’yicha mukofotlar, moddiy yordam, mehnat 
va ijtimoiy imtiyozlarni belgilashga atalgan summalar va yakka tartibdagi 
xususiyatlarga ega bo’lgan boshqa to’lovlar hamda ixtirolar, ratsionalizatorlik 
takliflar uchun to’lovlardan tashqari mehnat 
jamoasining a’zolari qo’shgan mablag’lari bo’yicha to’lanadigan daromadlar 
(dividendlar, foizlar)ga aytiladi. 
Soliq solish ob’ekti sifatida iste’mol uchun yo’naltirilgan mablag’larning 
soliq solinmaydigan miqdoridan ortiqcha summasi qabul qilingan. Iste’mol uchun 
yo’naltirilgan mablag’larning soliq solinmaydigan miqdori hisobot yilining joriy 
davridagi xo’jalik hisobi daromadini shu mablag’larning o’tgan "yilning tegishli 
davridagi xo’jalik hisobi daromadidagi salmog’iga ko’paytirish yo’li bilan 
topiladi. Shunday yo’l bilan topilgan 
miqdor 0,98 koeffitsienti bilan tuzatilib, xo’jalik hisobi daromadining o’sishini 
iste’mol uchun yo’naltirilgan mablag’larning o’sishiga qaraganda tezlashtirishni 
ta’minlaydi. Iste’mol uchun yo’naltiriladigan mablag’larni tartibga solish uchun qabul 
qilinadigan xo’jalik yurituvchi sub’ekt xo’jalik hisobidagi daromadi sotilgan 
maxsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi tarkibidagi mehnatga haq to’lash xarajatlari 
bilan xo’jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida qoladigan foyda summalari sifatida 
hisoblab chiqiladi. Bunda xo’jalik yurituvchi sub’ektning xo’jalik hisobidagi daromadi 
taqqoslash mumkin bo’lgan narxlar va sharoitlarda hisoblab chiqilishi lozim bo’ladi. 
Hozirgi paytda ish haqini tashkil qilishni qayta qurishning muhim xususiyatlari
quyidagilardan iborat: 
1. xodimlarning juda keng bo’lgan doirasiga tegishliligi; 
2. birinchi marta ish haqini tashkil qilishning barcha qismlarini, ya’ni ta’rif tartibi, 
haq to’lash shakllari va mukofotlash tartibi, mehnatni muvofiqlashtirish, qo’shimcha 
haq to’lash mexanizmi, mehnatga haq to’lash fondlarini hosil qilish va foydalanish 
kabi elementlar kompleksini o’z ichiga oladi; 
3. mehnat jamoasining roli ayniqsa oshiriladi, mehnatning umumiy natijasiga har bir
xizmatchi hissasini baholash hamda unga haq to’lash va mukofotlash miqdorlarini
aniqlash bilan bogliq bo’lgan masalalarni echishdagi ko’pchilik to’siqlar bartaraf
qilinadi; 
Mehnat va ish haqiga tegishli reja topshiriqlarini hisobga olish va nazorat 
qilishda buxgalteriya hisobi muhim rol o’ynaydi. Chunki uning yordamida xo’jalik 
yurituvchi sub’ektning barcha bo’limlarida mehnat ko’rsatkichlarining bajarilishi va 
uning o’zgarishi haqida iqtisodiy asoslangan axborotlar yaratiladi. 
Mehnatkashlarning mehnat unumdorligini oshirish va xo’jalik yurituvchi sub’ekt 
ishini yaxshilashga bo’lgan moddiy qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida ularga 
to’lanadigan ish haqida xo’jalik yurituvchi sub’ekt ishining umumiy yakunini 
yaxshilash uchun to’lanadigan qismini oshirishga keng yo’l ochib berilmoqda. Shuning 
uchun sanoat xo’jalik yurituvchi sub’ektlaridagi buxgalteriya hisobining eng muhim 
vazifalaridan biri mehnat o’lchovi va unga haq to’lash ustidan nazorat qilib turishdir
.



Yüklə 430,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin