Vaqtbay va ishbay shaklida mehnat haqini hisoblash tartibi.
Agar korxonada mehnat haqini to`lash uchun tarifsiz tizim qo`llanilsa, rahbarning
lavozim maoshi quyidagicha aniqlanadi: Birinchi, eng kichik malakali guruhiga
kiruvchi ishchilarning kvartalli mehnat haqining summasi tabel bo`yicha ishlangan
vaqtga bo`linadi (nisbati olinadi). Olingan soatlik (yoki kunduzgi) mehnat haqidan
kelib chiqib, oylik savkasi aniqlanadi va undan korxona rahbarining lavozim maoshi
hisoblanadi.
Vaqtbay mehnat haqi hamma turkumdagi ishchilarga tarqaladi. SHunday qilib,
sanoatda band bo`lgan ishchilarning mehnat haqining katta qismi vaqtbay shaklda
to`lanadi va ularning mehnat haqini hisoblash uchun tarif savkasi bilan ishlangan
vaqtning miqdorini bilish lozim. Bunda asosiy xujjat bo`lib mehnat vaqtini sarflash
hisobi – tabeli hisoblanadi. Ishchi tomonidan ishlangan vaqtga tarif savkasidan kelib
chiqishi ishchi-vaqtbaychining mehnat haqi summasini belgilab beradi.
Ishlab chiqarishga oid bo`lgan ishchi-vaqtbaychilarning mehnati, agar ular yangi
texnikaning namunalarini ishlab chiqarsa yoki texnologiya jarayonida qatnashib kelsa
hamda texnologik jixozlarni tuzatish bilan shug’ullansa, ishbay ishchining mehnat
haqi tarif savkasi bo`yicha to`lanadi.
Mehnat haqining oddiy vaqtbay tizimi ish sifatini, ishchining malakasini, ishning
sharoitlarini hisobga olishga imkon beradi, lekin bajarilgan ishning oxirgi natijalari
va uning mehnat haqi orasidagi bevosita bog`liqlikni to`laligicha ta’minlab bermaydi.
SHuning uchun sanoatda vaqtbay mukofotli tizim keng tarqalgan, unda ishning sifati
va miqdori hisobga olinadi, ishning natijalarida ishchilarning ma’lumoti va moddiy
qiziqishi kuchayadi, chunki mukofotlash vaqtning tejalganligiga, bekor turgan
jixozlarning va ishchilarning bekor turishini qisqartirganligi yoki yo’qotganligi
uchun, mashina, agregat, sexlarning avariyasiz ishlaganligi va materiallarni
tejaganligi uchun beriladi
Mehnatga haq to’lash xarajatlarini hisobga olish bo’yicha amaldagi "Xarajatlar tarkibi
to’g’risida"gi Nizomning 1.2 va 2.1 moddalarida ushbu xarajat turlarini qaysi
birini tannarxga olib borish yoki davr xarajati sifatida qaysi xarajatlar olib borish tartibi
ko’rsatib berilgan.
1.2. Ishlab chiqarishga aloqador mehnatga haq to’lash xarajatlari. Ishlab chiqarishga
aloqador mehnatga haq to’lash xarajatlari tarkibiga quyidagi moddalar kiritiladi.
1.2.1. Amaldagi bajarilgan ish uchun yozilgan ishlab chiqarishga aloqador ish haqi, bu
xo’jalik yurituvchi sub’ektda qabul qilingan mehnatga haq to’lashning shakllari va
tizimlariga muvofiq ishbay narxlaridan tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib
chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
1.2.2. Ishlar vaqtbay usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlama usulida hisobga olib
borilganda va qonunlarda nazarda to’tilgan boshqa hollarda belgilangan ish vaqtidan ortiq
ishlaganligi munosabati bilan ishchi, xizmatchilarga beriladigan dam olish kunlari uchun
to’lanadigan haq.
1.2.3. Mehnat haqini o’rniga maxsulot berish.
1.2.4. Tushum nizomlari bo’yicha rag’batlantiruvchi to’lovlar, jumladan ishlab
chiqarishdagi natijalar uchun mukofotlar, kasb maxorati uchun tarif stavkalari va
maoshlariga ustamalar, amaldagi qonunlarga binoan ishlab chiqarishdagi xodimlarga belgili
muddat xizmat qilgani uchun bir marotaba beriladigan mukofotlar.
1.2.5. Ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bogliq bo’lgan qoplov tarzidagi to’lovlar,
xususan kunda ishlaganlik, ish vaqtidan tashqari ishlaganlik, dam olish va bayram kunlari
ishlamaganlik, ko’p smenali tartibda ishlaganlik, bir yo’la ogir, zararli mehyaat
sharoitida ishlaganlik uchun ustamalar, holda tarif va maoshlarga qo’shimcha haqlar.
1.2.6. Amaldagi qonunlarga muvofiq navbatdagi va qo’shimcha mehnat ta’tillariga,
o’smirlarning imtiyozli soatlariga, onalarning bolasini boqish uchun ishida
bo’ladigan tanaffuslariga, tibbiy ko’riklardan o’tish, davlat oldidagi burchlarini ado
etish bilan bog’liq bo’lgan vaqtga to’lanadigan haqlar.
1.2.7. Ishchi va xizmatchilarga qisman ishhaqi to’lanadigan zaruriy mehnat ta’tillari
vaboshqalar.
Dostları ilə paylaş: |