mehnat va unga haq tolashning hisobini tashkil etish va yuritish
Dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa Dafn etish marosimi uchun nafaqa xodim yoki uning qaramog’ida bo’lgan quyidagi oila
a’zolari vafot etganda beriladi:
• turmush o’rtog’i;
• 18 yoshga to’lmagan yoki vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz (yoshidan qat’iy nazar)
bolalari, aka-ukalari va opa-sigillari;
• ota-onasi;
• bobosi yoki buvisi.
Yashash uchun mustakil mablag’ manbaiga ega bo’lgan (ish haqi, pensiya, stipendiya
oluvchi, shirkat xo’jaligining mehnatga qobiliyatli a’zolari hisoblanuvchi va hokazo)
oila a’zolari qaramog’ida turgan deb hisoblanmaydi. Xodim vafot etganda dafn etish
marosimi uchun nafaqa uning oila a’zolariga yoki dafn o’tkazishni o’z zimmasiga olgan
shaxslarga beriladi
.
Oilaning vafot etgan a’zosini dafn etish marosimi uchun nafaqa
ishlovchi xodimga
berilmaydi.
Ayolning homilasi tushgan hollarda dafn etish marosimi uchun nafaqa berilmaydi.
Dafn etish marosimi uchun nafaqa eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida
beriladi. Ishlamaydigan pensioner vafot etgan takdirda dafn etish marosimi uchun uchun
nafaqa uning oilasiga yoki pensionerning dafn marosimini o’tkazgan shaxsga ikki oylik
pensiya miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqining ikki hissasidan kam bulmagan
miqdorda, ijtimoiy ta’minot bo’limi tomonidan to’lanadi. Ish haqiga tuman koeffitsienti
belgilangan joylarda dafn etish marosimi uchun nafaqa miqdori ishlab chiqarish bilan
bog’liq bo’lmagan tarmoqlar uchun beriladigan tuman koeffitsentini hisobga olgan
holda aniqlanadi. Muddatli xarbiy xizmatga chakirilgan xodim yoki uning oila a’zosi vafot
etgan takdirda dafn etish marosimi uchun nafaqa, agar unga so’nggi ish haqi to’langan
kundan bir oydan ko’p vaqt o’tmagan bo’lsa beriladi.
Oliy, o’rta masus kasb-hunar ta’lim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik
ordinatura, doktoruanturada tahsil olayotgan shaxslar, shuningdek, ularning oila a’zolari
vafot etganda, agar ular kurslarga, maktablarga, institutlarga xo’jalik yurituvchi sub’ekt
tomonidan yuborilgan bo’lsalar va ularning o’qish davridagi ish haqi to’la yoki
qisman saqlanib qolgan bo’lsa, dafn etish marosimi uchun nafaqa umumiy asoslarda beriladi.